Oksana Chusovitina Bokuda Jahon kubogini qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
Oksana Chusovitina tayanib sakrash yo‘nalishida Jahon kubogi sohibasiga aylandi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oksana Chusovitina shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Yaqinda 47 yoshga qadam qo‘yadigan o‘zbekistonlik gimnastikachi tayanib sakrash mashqi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahslarida 13,266 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Vengriya vakilasi Mariya Ksenje Bakskay hamda sloveniyalik Tesha Belak qo‘lga kiritgan.
Jami to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan ushbu musobaqaning uchta bosqichida qatnashib, ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor bo‘lgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash yo‘nalishida Jahon kubogi sohibasiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina Misrdagi Jahon kubogi bosqichida kumush, Qatardagi bosqichda esa oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0