https://oz.sputniknews.uz/20220401/spark-avtomobillari-endi-livanda-ham-sotiladi-23702271.html
Spark avtomobillari endi Livanda ham sotiladi
Spark avtomobillari endi Livanda ham sotiladi
Sputnik O‘zbekiston
Fevral oyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Spark” avtomobillarining birinchi partiyasi Livanga yuborildi. 01.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-01T12:22+0500
2022-04-01T12:22+0500
2022-04-01T12:22+0500
iqtisod
uzauto motors
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1322/92/13229223_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_bb25b79993bdc7359e8f1f0de784b415.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Martning so‘nggi kunida Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi. Bu haqida "UzAuto Motors" AJ xabar bermoqda. Kompaniyaning fikricha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari so‘nggi yillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg‘oniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatgan.Ta’kidlanishicha, doimiy o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.Eslatib o‘tamiz, fevral oyida yengil avtomobillar ichida “Spark” eng kam - 567 dona ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. O‘tgan yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Shundan 1,9 mlnga teng avtomobillar Rossiyaga yetkazib berilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1322/92/13229223_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a0c14aee40cc217b49b5f01f59ecfd75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, uzauto motors, eksport
iqtisod, uzauto motors, eksport
Spark avtomobillari endi Livanda ham sotiladi
Fevral oyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Spark” avtomobillarining birinchi partiyasi Livanga yuborildi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Martning so‘nggi kunida Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi. Bu haqida "UzAuto Motors" AJ
xabar bermoqda.
“"UzAuto Motors" Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Kompaniyaning fikricha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari so‘nggi yillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg‘oniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatgan.
Ta’kidlanishicha, doimiy o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida yengil avtomobillar ichida “Spark” eng kam - 567 dona ishlab chiqarilgani haqida
xabar berilgan edi.
O‘tgan yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Shundan 1,9 mlnga teng avtomobillar Rossiyaga
yetkazib berilgan.