Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga imtiyoz beriladi - Shavkat Mirziyoyev

© SputnikUzbekskie dengi, 5000 sumov
Uzbekskie dengi, 5000 sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna bo‘lish
Dunyoda sodir bo‘layotgan iqtisodiy murakkab vaziyatni hisobga olib Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga imtiyozlar berildi.
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Bir qator MDH davlatlari bilan hamkorlik qilayotgan mahalliy korxonalarga imtiyozlar beriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida xabar qilindi.
Xususan, quyidagi imtiyozlar haqida aytib o‘tildi
yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi;
ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.
Undan tashqari barcha korxonalar uchun xorijdan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan 1-yilgacha uzaytiriladi.
Prezident shuningdek, Toshkent investitsiya forumida erishilgan ko‘p milliardlik shartnomalarni amalga oshirish hamda O‘zbekistonda o‘zbiznesini boshlash yokirivojlantirish bo‘yicha tashabbus qilgan chet ellik biznesmenlarga yordam berish vazifalarini qo‘ydi.
O‘zbekistonlik korxona va sanoat rahbarlari oldida bir oymuddatda Yevropa, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Koreya, Yaponiya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, bu ishlarga xorijdagi elchilarimizni hamfaol jalb etish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0