Pandemiya uch ssenariyda rivojlanishi mumkin – JSST
11:32 01.04.2022 (yangilandi: 17:26 01.04.2022)
© AP Photo / Ng Han GuanPekin vo vremya novoy vspishki koronavirusa
© AP Photo / Ng Han Guan
Obuna bo‘lish
Dunyo bo‘yicha ommaviy emlash ko‘rsatkichlari ham oshib borayotgani hamda aholi immuniteti kuchayishi bilan xastalikning og‘ir asoratlari kamayib boradi.
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Yil oxiriga qadar pandemiya uch ssenariyda rivojlanishi mumikin deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusga asoslanib.
Gebreyesus aytishiga ko‘ra, 2022-yil davomida COVID-19 mutatsiyaga uchrashda davom etadi, infeksiyaning yana qator yangi shtammlari paydo bo‘lishi mumkin. Lekin dunyo bo‘yicha ommaviy emlash ko‘rsatkichlari ham oshib borayotgani tufayli hamda aholi immuniteti kuchayishi bilan xastalikning og‘ir asoratlari kamayib boradi.
Pandemiya rivojlanishininshg ehtimoliy ssenariylari
Birinchi ssenariy - koronavirusning og‘ir kechuvchi shtammlari paydo bo‘lmaydi va kasallikka qarshi mavjud vaksinalar yordamida kurashish kutilgan samarani beradi.
Ikkinchi ssenariy - COVID-19ning hozirgidan ham yuqumliroq va tez tarqaluvchi variantlari yuzaga keladi.
Uchinchi ssenariyga - odamlarni koronavirusning og‘ir asoratlaridan asrash ancha murakkablashadi. Bunday vaziyatda yangi, yanada samarali vaksinalar ishlab chiqarish talab etiladi.
Shunga qaramay, JSST tibbiy niqoblar, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish orqali kasallikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish mumkinligini ta’kidladi.
Eng muhimi, joriy yil ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi har bir mamlakat aholisining 70 foizi to‘liq emlanishiga erishish ustuvor maqsad hisoblanadi. Bu jarayonda, avvalo, tibbiyot xodimlari, keksalar va xavf guruhiga mansub boshqa qatlamni qamrab olishga alohida e’tibor qaratish joiz.
“Ba’zi davlatlarda to‘rtinchi doza bilan emlash jarayonlari boshlangani quvonarli, — deydi T. Gebreyesus. — Ammo dunyo aholisining uchdan bir qismi, shu jumladan, Afrikada yashovchilarning 83 foizi hatto birinchi bosqichda vaksina olgani yo‘q. Bu esa barchamizda xavotir va tashvish uyg‘otishi kerak”.