O‘zbekistonda shakar va boshqa mahsulotlar narxi nima bo‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishV Primorye zafiksirovali seni na maslo, saxar i makaroni
V Primorye zafiksirovali seni na maslo, saxar i makaroni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi un va kungaboqar yog‘i kamida olti oy, shakar esa 1-yil davomida yetarli bo‘ladi.
TOShKENT, 1 apr - Sputnik. O‘zbekistonda shakar, bug‘doy va sariyog‘ kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlari yetarlicha bormi? ularning narxi qanday bo‘ladi? Sputnik muxbirining ushbu savollariga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Monopoliyaga qarshi qo‘mita vakillari javob berdi.
Mart oyi o‘rtalarida O‘zbekistonda muhim ahamiyatga ega mahsulotlarning narxi oshishi va ularni yetkazib berishda sun’iy taqchillik holatlari kuzatildi. Bunga vahimaga tushgan aholining o‘zi ham biroz "hissa" qo‘shdi. Ayrimlar shakarni qoplab sotib ola boshladi. Ayrim chakana savdo nuqtalarida shakarning narxi deyarli 2 baravar oshdi.
Oradan bir necha kun o‘tib vaziyat ancha yaxshilandi, lekin aholida oziq-ovqat narxi ko‘tariladimi, taqchillik bo‘ladimi, davlat aholini to‘liq ta’minlay oladimi, degan xavotir va vahimalar haliyam bor.

Vahimalar qanday paydo bo‘ldi

Tovar va tovar birjalari narxlarini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Nazrulla Ortiqov Sputnik muxbiriga qo‘yidagilarni tushuntirdi.
OAVda Rossiya va Ukraina shakar eksportini taqiqlash haqidagi xabarlardan so‘ng aholi orasida xavotir paydo bo‘la boshlagan. Dilerlar va chayqovchilar vaziyatdan bir zumda foydalanib, mahsulotlar narxini sun’iy ravishda oshirganlar. Odamlar esa kelajakda narxlar oshishidan qo‘rqib, shakarni yoppasiga sotib ola boshlagan.
“Hozir 35 millionga yaqin odam kuniga 1060 tonna shakar sotib oladi. Monopoliyaga qarshi qo‘mita korxonalar, zavodlar va birjalarga kamchilik bo‘lmasligi uchun kuniga kamida 2000 tonna shakarni savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi”, - dedi Ortiqov.
Ortiqov aytishiga ko‘ra, MDHdagi notinch vaziyat O‘zbekiston shakar importiga ta’sir qilmaydi. “Angren Shakar” va “Xorazm Shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyati shakar xomashosini asosan Braziliyadan xarid qiladi”, dedi Ortiqov.
Monopoliyaga qarshi qo‘mita bozorlardagi narxlar o‘zgarishini diqqat bilan kuzatib boradi. Agentlik shakar va kungaboqar yog‘ini sotuvchi ulgurji savdogarlar uchun imtiyozlar joriy qildi. Mahsulotlar narxini oshirib yuborgan nopok tadbirkorlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.
Oziq-ovaqat hammaga yetadi. Aholiga oziq-ovqat yetishmaydimi, deb xavotirda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tinchlantirdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 600 ming tonna shakar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Angren shakar” va “Xorazm shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonalari to‘xtovsiz ishlab, respublikani shakar bilan ta’minlamoqda. Mazkur korxonalar 2021-yil va 2022-yil yanvar-fevral oylarida tovar birjalarida oyiga kamida 30 ming tonna shakar sotgan.
Shuningdek, joriy yilda respublika bo‘yicha 1 million 27 ming gektar maydonga bug‘doy ekilgan. Bu yil yozda 7 million 679 ming tonna hosil yig‘ib olish rejalashtirilgan. “Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1 million tonnaga ko‘pdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.
O‘tgan yildan buyon "O‘zdonmahsulot" AK tizimidagi hududiy korxonalarda 2 million 533 ming tonna bu-doy zaxirada bo‘lsa, yana 4 million 123 ming tonna fermer va aholi ixtiyorida qoldi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi un va kungaboqar yog‘i kamida olti oy, shakar esa 1-yil davomida yetarli bo‘ladi.
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti huzurida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan majlisda oziq-ovqat narxlarini kunida kuzatib boruvchi maxsus komissiya tashkil qilindi. Unining asosiy maqsadi - strategik muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oshishiga yo‘q qo‘ymaslik, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha joylarda chora-tadbirlar ko‘rish.
Yangiliklar lentasi
0