Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash choralari ko‘riladi - prezident
10:40 01.04.2022 (yangilandi: 10:57 01.04.2022)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley nekotorix sektorov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda oziq-ovqat narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator choralar qabul qilinadi.
TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat vaziyatda O‘zbekiston ichki bozorida oziq-ovqat narxlarini barqaror saqlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak, deyildi Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida.
"Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda. Bu esa ichki bozordagi narx-navoga, ayniqsa, oziq-ovqat narxlari va inflyatsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi", - deyiladi xabarda.
Ushbu vaziyatning O‘zbekiston ichiki bozori va tadbirkorlariga ta’sirini kamaytirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirishga qaror qilindi.
Oziq-ovqat narxi kunda nazorat qilinadi
go‘sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxining oshishiga yo‘l qo‘yilmadi. Chet el korxonalari Toshkent tovar-xomashyo birjasida oziq-ovqat mahsulotlarini sotishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratildi.
Valyuta bozori va ayirboshlash kursi keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiramiz yetarli, – dedi davlat rahbari
Ramazon oyida narxni arzonlashtirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan imtiyozli mablag‘larni qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirildi
Bosh vazir rahbarligida respublika shtabi hamda hokimlar boshchiligida hududiy shtablar tashkil etildi. Ularga bozordagi narx-navoni kundalik o‘rganib, mahsulotlarni aholi talabiga qarab qo‘shimcha yetkazib berish topshirildi.
Oziq-ovqat va xomashoning birja savdolariga chiqarilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatish, sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish vazifasi qo‘yildi.
Tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi
banklar tomonidan tadbirkorlarga xomashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trillion so‘m “revolver” kreditlar ajratiladi;
davlat dasturlari doirasida meva-sabzavotchilik, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta’lim kreditlari hajmi ham, imtiyozli stavkalari ham saqlab qolinadi;
soliq ma’murchiligidagi yangi mexanizmlar bo‘yicha yil yakunigacha jarima qo‘llaniolmaydi;
o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xomashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan 1-yilgacha uzaytiriladi;
2022 yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi;
ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi;
Navoiy, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qo‘shni mamlakatlar bozoriga mahsulot yetkazib beruvchi ulgurji savdo hududlari tashkil etiladi;
Shuningdek Iqtisodiyot tarmoq rahbarlariga xorijiy kompaniyalar bilan kelishib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish vazifasi qo‘yildi. Xalqaro moliya bozoridagi hozirgi nobarqaror vaziyatda chetdan mablag‘ jalb qilish qiyin bo‘ladi, shu sabab – bor resurslardan oqilona va samarali foydalanish tavsiya etildi.
Vazirlik va hokimiyatlarga ta’qiqlanadi
moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlash;
bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirish;
iqtisod qilingan mablag‘lar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yo‘naltiriladi.
Bosh prokuraturaga budjet tashkilotlarida ushbu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat o‘rnatadi va har hafta prezidentga axborot beradi.
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda jumladan aholi bandligi muammolari hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish masalalari ham hududlar kesimida tahlil qilindi. Xususan o‘zini o‘zi band qilish shakliga o‘tkazilgan kasblar sonini yana 20taga oshirish yo‘li bilan qo‘shimcha 150 ming aholi bandligini ta’minlash mumkinligi aytildi.