Globalizatsiya bekor qilindi. G‘arb o‘z kuchining asosini yo‘qotmoqda

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna bo‘lish
Anglo-sakslarning ikkinchi globallashuv urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. AQSh va Britaniya ichidagi vaziyatni hisobga olganda, ularda globallashuv uchun uchinchi urinishga imkoniyat bo‘lmaydi. Na uchinchi globallashuvga va na Uchinchi Jahon urushiga.
Endi stavkalar har qachongidan ham yuqori, gap faqat Ukraina taqdiri haqida emas, hatto Rossiyaning buyuk davlat sifatidagi kelajagi haqida ham emas. Biz dunyo taqdiri haqida gapirapmiz.
Shu o‘rinda, biz yadro urushi bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi degan vahimali qo‘rquv bilan diqqatingizni tortmoqchi emasmiz. Lekin dunyo o‘z kelajagiga yo‘l tanlamoqda. Bu kelgusi bir necha o‘n yillar davomida insoniyat qanday rivojlanishi, xalqaro munosabatlar va jahon iqtisodiyoti qanday shaklda bo‘lishini hal qilish ishlari va bu aynan hozir ko‘z o‘ngimizda hal qilinmoqda. Buni nafaqat Rossiya, Xitoy, balki g‘arbiy bo‘lmagan dunyo uchun, balkim muammo ko‘lamini anglo-sakson strateglar ham tan olishadi.

"Globallashuvning ikkinchi davri shiddat bilan o‘tmishga aylanmoqda. Agar kerakli qadamlar tez va qat’iy qo‘yiilmasa, Ukrainada nima bo‘lishidan qat’i nazar, dunyo ikki dushman lagerlarga bo‘linib ketadi. G‘arbni esa bo‘lingan dunyo qoniqtirmaydi"...

Bu Bloomberg nashridagi “Putin va Si kapitalizmning buyuk illyuziyasini fosh qildi” nomli maqolasidan iqtibos. Mualliflar - Bloomberg News bosh muharriri hamda The Economistning sobiq bosh muharriri Jon Mikletveyt va The Economist xodimi Adrian Vuldrijdir. Mikletveyt – Bilderberg klubi a’zosi. Xullas, tahlilchilarning ikkalasining ham xabardorlik darajasi “yetarlicha chuqur”. Matnda targ‘ibot yo‘q ular shunchaki nima bo‘layotganini tahlil qilishga urinishmoqda va globallashuv jarayonini saqlab qolishga harakat qilishmoqda.
Maqolaning ikkinchi sarlavhasiga e’tibor beramiz. “AQSh va uning ittifoqchilari globallashuvni qutqarish uchun barcha kuchlarini safarbar qilmas ekanlar, uning ikkinchi buyukasri halokatli yakun topadi” - deyilgan.
Nega ikkinchi asri? Chunki birinchisi - Birinchi jahon urushidan 50-yil oldin boshlanib, urush bilan birga yakunlandi. Hozirgi globallashuv tahdidini - 1914-yildagi bilan solishtirish mumkin.
Bu yerda "g‘arbiy globallashuv loyihasi" haqida gapirish mutlaqo noto‘g‘ri. Iqtisodiy liberalizmga asoslangan globallashuv sof anglo-sakslar loyihasidir. Anglo-sakson elitasi, anchadan beri kosmopolit va millatlar darajasidan ustun o‘ringa chiqqan. (Bu haqida alohida maqolada aytamiz)
Xo‘sh nega birinchi globallashuv asri tugadi? Bloomberg mualliflari aytishiga ko‘ra, o‘sha paytdagi anglosakson elita xotirjam va uzoqni ko‘ra bilmaydigan bo‘lgan. Ular Germaniyaning kuchayib ketishini va yaqinlashib kelayotgan Ikkinchi jahon urushini ko‘ra bilmagan. Oqibatda hamma narsa halokat va globallashuvning birinchi urinishining barbod bo‘lishi bilan yakunlandi. Hozir ham ana shu sodir bo‘lishi mumkin:
"Hozirgi mojaro, biz Sharqiy Yevropadan ancha uzoq bo‘lsak ham, global iqtisodning ishlash shakli, bizning turmush tarzimizga uzoq muddatli o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Dunyo iqtisodining “to‘xtatib bo‘lmas” integratsiyasi sekinlashdi. Etnik urush, avtokratik davlatlar va boylarga qarshi jaholat kabi turli ilonlar bizning jannatning turli burchaklariga qarab ketmoqda”, - deb yozadi mualliflar.
Mikletveyt va Vuldridj so‘nggi 20-yil ichida globalizatsiya turli hujumlarga uchraganini qayd etishmoqda. 11-sentabr hodisalaridan boshlab, 2008-yildagi AQSh moliya inqirozi, 2016-yildagi Brexit va Trampning saylanishi kabi hodisalar tufayli. Ularning fikricha jahon iqtisodiyoti Xitoy va G‘arb tomonlarga bo‘linib qolmoqda. Ustiga ustak koronavirus ham integratsion aloqalarga zarba berdi. Lekin aynan Ukraina – globalizatsiyani to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Urush oqibatida yagona jahon bozori bo‘laklarga bo‘linib qolishi mumkin.
"Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi globallashuvga oldingi hujumlarga qaraganda kattaroq va qat’iyroq hujumdir. Qisman, chunki iqtisodiy aloqalar bir zumda uzilgan. Bug‘doydan tortib nikel, titan va neftgacha bo‘lgan asosiy tovarlarni yetkazib berish to‘xtatilgan. G‘arb Rossiyani jahon iqtisodiy tizimidan chiqarib tashlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda: oligarxlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda, Rossiya banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘ymoqda, Markaziy bankining o‘z zaxiralaridan foydalanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Rossiyani Jahon Savdo tashkilotidan chetlashtirishga harakat qilishmoqda".
Lekin aslida G‘arbning o‘zi dunyoni ikkiga bo‘lmoqdaku? Rossiyaga qarshi aqldan ozgan sanksiyalari, aktivlarni muzlatib qo‘yishi va Xitoyga qarshi sanksiyalar bilan tahdid qilish orqali.
Ha, hamma narsa shunday - Mikletueyt va Vuldrij buni shubha ostiga olishgani yo‘q, lekin ular bu “yovvoyiliklar”ning sababini izlashmoqda. Ya’ni G‘arb shunday yo‘l bilan o‘zining asosiy maqsadi – globallashuvning asosiy dushmani bo‘lgan Rossiyaning rivojlanishini to‘xtatib qolmoqchi.Har ular o‘z harakatlarini shunday izohlashmoqda.
"Brusselda yig‘ilgan g‘arb siyosatchilari global tartibni buzish niyatida emasliklarini aytishdi. Bu iqtisodiy vahshiylik Putinning tajovuzkorligini aniq jazolash uchun, u yo‘q qilmoqchi bo‘lgan qoidalarga asoslangan tizimni tiklash va shu bilan birga erkin harakatni to‘xtatish uchun qilingan. Ideal dunyoda Putin ag‘darilib, o‘zining aldanishi va paranoyasi qurboni bo‘ladi va rus xalqi Kremldagi kleptokratiyani ag‘daradi. Bu optimistik stsenariy nafaqat Rossiyani, balki G‘arbni ham hayotga qaytaradi. Qo‘shma Shtatlar Trampning izolyatsiyasidan voz kechadi, Yevropa esa o‘z himoyasini jiddiy qabul qila boshlaydi. Atlantika okeanining har ikki tomonidagi “sivilizatsiya urushlari” barham topadi. Bu voqelar zanjiri sodir bo‘lishi ehtimoli bor”...
Lekin bu imkoniyat qanchalik katta? Britaniyaliklar bu imkoniyat "Kremldagi rejim o‘zgarishi" kabi kichik ekanligini tan olishadi. Bu shans Bayden, Jonson, Makron va Sholsning (ya’ni G‘arb yetakchilari) globallashuv muammosini hal qilishiga aqli yetishi kabi kichik.
Ustiga-ustak Bayden globallashuv uchun halokatli narsalarni aytmoqda - masalan, “AQSh aviatashuvchisining palubasidan tortib shosse chetidagi po‘lat to‘siqlargacha Amerikada ishlab chiqarilishini” ta’kidlamoqa. Axir bu globallashuvga mutlaq teskari bo‘lgan jarayonku?
“Ukrainadagi inqiroz esa, ayniqsa, geosiyosatda ham, kapitalistik dunyoqarashda ham globallashuvga dushman bo‘lgan bunday o‘zgarishlarni tezlashtirmoqda. Geosiyosatdagi o‘zgarishlar bir narsani ko‘rsatmoqda: Xitoy o‘zining tez yuksalishi bilan markaziy geosiyosiy faktorga aylanmoqda va u mutlaq yengilmasdek tuyulmoqda... Hozir biz erishayotgan natija shundan iboratki, avtokratik Sharq demokratik, ammo bo‘lingan G‘arbdan asta-sekin o‘zib ketmoqda".
Shundan so‘ng Mikletveyt va Vuldrij globallashuvni va G‘arbni qutqarishning yagona yo‘lini topadilar. Bu oddiy: G‘arb birlashishi kerak,lekin shunchaki so‘z va shiorlarda emas, balki haqiqatda, iqtisodiy jihatdan – ya’ni, aslida, yagona tizim yaratish.
G‘arb miqyosida globallashuvni tezlashtirish: "Bayden AQSh ittifoqchilari o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni kengaytirish geostrategik imperativ ekanligini tan olishi kerak. U Yevropaga G‘arbni birlashtirish uchun keng qamrovli erkin savdo kelishuvini taklif qilishi kerak. Bu tartibga soluvchi konvergensiyaga asoslangan rad etilgan Transatlantik savdo va investitsiya hamkorligining biroz o‘zgartirilgan versiyasi bo‘lishi mumkin (Unda YeIda xavfsiz sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot AQShda ham xavfsiz sotilishi mumkin - va aksincha). Shuningdek, u CPTPP (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Amerika shtatlarining bir qismini birlashtirgan keng qamrovli va progressiv Trans-Tinch okeani sheriklik kelishuvi) ga qo‘shilishi kerak.
Ya’ni ikki bosqichda, dastlab AQSh va Yevropani keyin unga Osiyo va Lotin Amerikasini birlashtirish taklif qilinmoqda. Yangi uyushga Rossiya, Xitoy kabi avtokratiyalarga hamda ularga birlashgan davlatlarga nisbatan ulkan ustuvorlik beradi.
“Bayden AQSh “sovuq urushda” tinch yo‘li bilan g‘alaba qozongan davlat ekanini esidan chiqarmagan bo‘lishi kerak. AQSh o‘z atrofiga butun erkin dunyoni birlashtirgani tufayli g‘alaba qozondi. Shunday yo‘l bilan navbatdagi raundda ham g‘alaba qozonish kerak. Erkin dunyoning iqtisodiy potensialini bir joyga jamlash kerak – Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning demokratik davlatlari imkoniyatlarini. Bu nafaqat u yerda avtokratiyalarni yengishga balkim ularni erkinlikka chiqarishga ham olib keladi”.
Ha bu chiroyli model, lekin mutlaq amalga oshirib bo‘lmaydigan. Axir u shunchaki anglo-sakson globalizatsiyasini davom ettirishni taklif qilmoqda. Faqat undan bir necha yirik davlatlar chiqarib tashlanadi. Ularni hisob-kitobi bo‘yicha ular ham keyinroq taslim bo‘ladi va “ozod dunyoga” qo‘shiladi.
Lekin aslida globalizatsiyaning bugungi modeli ham buzilib qoldiku? Sabab – G‘arb bo‘lmagan mamlakatlar noroziligi va G‘arbning ichidagi kelishmovchiliklar. Transatlantik hamkorlik loyihasi ham Tramp kelmasdlan oldin barbod bo‘lgan edi. Xo‘sh nega edi bugun hamma anglo-sakson og‘ilxonasiga borishga rozi bo‘lishi kerak? Faqat Rossiya Ukraina bilan hisob-kitob qilayotgani uchunmi? Yoki G‘arb sanksiyalar bilan o‘zi qurayotgan globallashuv asoslarini portlatib yuborayotgani uchunmi? Yumshoq qilib aytganda – mantiqqa zid.
Umid so‘nmas, deydilar shu sababli ham maqola mualliflari “bizda hali butunlay boshqacha kelajak qurish imkoni bor, unda g‘arb boyligi oshadi va g‘arb ittifoqlari kuchayadi” deb yozishmoqda. Bir vaqtning o‘zida “bugungi G‘arb har doimgidan ham ko‘proq jipslashgan va kuchli” hamda “Bayden butun erkin dunyoni sement kabi jipslashtirishi kerak” degan fikrlar ham aytilgan. Leki sementi yetmaydi va ularni qatoriga qo‘shilishni istaydiganlar ham. Aslida AQShning o‘zi iqtisodiy jihatdan yakkalikka mahkum. Ular qamalga olingan qal’aga aylanishi ehtimoli katta. O‘shanda hatto AQShning ichida ham birlik bo‘lishiga shubha bor.
Mikletveyt va Vuldridjning maqola boshida keltirilgan iqtibosining davomini eshiting:
"Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan qat’iy nazar, tezda biror chora ko‘rilmasa dunyo ikkita o‘zaro dushman lagerlarga ajralib qoladi. Bunday bo‘lingan dunyo G‘arbga kerak emas.
BMTning Ukrainadagi maxsus operatsiyani qoralashga qaratilgan rezolyutsiyasini – 141ta davlat “ha” deb ovoz bergan, 40ta davlat qo‘llab quvvatlamadi (ularan 35ta davlat ovoz bermadi beshtasi esa – qarshi chiqdi). Lekin Yer shari aholisning katta qismi aynan ushbu 40ta davlatda yashaydi.
Bu yerda gap faqat aholi soni haqida emas, balkim anglo-saksonlarning jahondagi yetakchilikka da’vo qilishi va globalizatsiyaga bo‘lgan befoyda urinishlari haqida ketmoqda. Ha, ular shu vaqtgacha insoniyat tarixida bo‘lmagan globallashuv tizimini yaratishdi, lekin oxir-oqibat ular charchab qoldi. G‘arblik bo‘lmagan madaniyatlar ularning qoidalari asosida o‘yinni davom ettirishni istashmadi.
Anglo-sakslarning ikkinchi globallashuv urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. AQSh va Britaniya ichidagi vaziyatni hisobga olganda, ularda globallashuv uchun uchinchi urinishga imkoniyat bo‘lmaydi. Na uchinchi globallashuvga. Na uchinchi jahon urushiga ularning kuchi yetmaydi. Yangi jahon tartibi ularning rejasi va ularning manfaatlari uchun qurilmaydi.
Makdonalds v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Globalizatsiya

Globalizatsiya - bu dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy nuqtayi nazardan integratsiya va birlashuv jarayoni.

Globallashuv jarayonida milliy iqtisodlar, bozorlar umumlashadi, davlat suvereniteti va milliy o‘ziga xoslik ta’siri kamayadi.

AQSh o‘zini ushbu globallashuv jarayoniga yetakchilik qilishi mumkin bo‘lgan yagona davlat deb hisoblaydi. (davlat strategiyasi - 2011yil)

Oddiy so‘z bilan aytganda dunyoning eng yirik transmilliy kompaniyalari (asosan AQShga tegishli) globallashuv natijasida o‘z mahsulotlarini jahonning barcha bozorlarida erkin sotishi mumkin bo‘ladi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0