Ayollarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin - qaror

© FAOSelskie jenshini Uzbekistana
Selskie jenshini Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna bo‘lish
“Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi. Hukumatning 145-sonli qarori bilan yangi nizom tasdiqlandi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar bermoqda.
Hukumatning 145-sonliqarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Nizomda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar berilishi ham belgilab qo‘yildi.
oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;
chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3-yilgacha imtiyozli davr bilan 7-yilgacha ajratiladi.
Aytilishicha, mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.
Ma’lumot o‘rnida bugungi kunga qadar 30 yoshdan oshgan 883 751 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Yanvar oyida respublikadagi barcha mahallalarda yashovchi 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yurish orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borilgan.
Yangiliklar lentasi
0