https://oz.sputniknews.uz/20220331/urganchda-al-xorazmiy-shaharchasi-quriladi-23674237.html
Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi
Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi
Urganchda 110 gektar maydonda quriladigan shaharda universitet, IT park, uylar, maktab va bog‘cha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi. 31.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-31T11:11+0500
2022-03-31T11:11+0500
2022-03-31T11:11+0500
jamiyat
prezident
urganch
shavkat mirziyoyev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1045/58/10455836_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_714615a5f50146f0e40d5c765fc32146.jpg
TOShKENT, 31-mart — Sputnik. Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya prezidentini bilan Xivaga tashrif buyurgan edi. Mehmonni kuzatib qo‘ygandan so‘ng prezident Xorazmda rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Urganch aeroporti yaqinida 110 gektar maydonda quriladigan shaharda universitet, IT park, uylar, maktab va bog‘cha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi. Shaharcha markazida Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi bo‘lib, buyuk allomaning yangi haykali o‘rnatiladi.Shuningdek, prezidentga taqdim etilgan loyihalar ichida Urganchdagi San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, Xivadagi Qo‘g‘irchoq teatrini zamonaviy binoga ko‘chirish ham mo‘ljallangan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzilmasini takomillashtirisha kabi ishlar belgilangan. Ma’lumot uchun Andijon, Namangan, Nukus va boshqa shaharlar yaqinida yangi hamroh shaharchalar barpo etilmoqda. Ushbu yilning fevral oyida Urganchda ham Al-Xorazmiy shaharchasini qurish loyihasi bilan tanishgan edi. Yangi shaharchada ming o‘rinli san’at saroyi bunyod etilishi hamda u yerda Xorazm lazgisi an’analarini saqlash, o‘rganish va keng yoyish uchun zamonaviy sharoit yaratilishi aytib o‘tilgan.
urganch
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1045/58/10455836_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_4196765e45122706238629485497e0d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, prezident, urganch, shavkat mirziyoyev
jamiyat, prezident, urganch, shavkat mirziyoyev
Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi
Urganchda 110 gektar maydonda quriladigan shaharda universitet, IT park, uylar, maktab va bog‘cha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi.
TOShKENT, 31-mart — Sputnik. Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya prezidentini bilan Xivaga tashrif buyurgan edi. Mehmonni kuzatib qo‘ygandan so‘ng prezident Xorazmda rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan
tanishdi. Urganch aeroporti yaqinida 110 gektar maydonda quriladigan shaharda universitet, IT park, uylar, maktab va bog‘cha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi. Shaharcha markazida Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi bo‘lib, buyuk allomaning yangi haykali o‘rnatiladi.
“Bu yer shahar ichidagi shahar bo‘ladi. Universitet, innovatsion markaz va maktablar ilm va ta’lim klasterini tashkil etadi. Bu yerda ishlovchilar uchun uy-joylar, ilmga asoslangan sanoat zonasi ham bo‘ladi. Bu shaharchani shunga munosib qilib, sifatli qurish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezidentga taqdim etilgan loyihalar ichida Urganchdagi San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, Xivadagi Qo‘g‘irchoq teatrini zamonaviy binoga ko‘chirish ham mo‘ljallangan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzilmasini takomillashtirisha kabi ishlar belgilangan.
Ma’lumot uchun Andijon, Namangan, Nukus va boshqa shaharlar yaqinida yangi hamroh shaharchalar barpo etilmoqda. Ushbu yilning fevral oyida Urganchda ham Al-Xorazmiy shaharchasini qurish loyihasi bilan tanishgan edi. Yangi shaharchada ming o‘rinli san’at saroyi bunyod etilishi hamda u yerda Xorazm lazgisi an’analarini saqlash, o‘rganish va keng yoyish uchun zamonaviy sharoit yaratilishi aytib o‘tilgan.