Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya "tinchlik rejimi" e’lon qildi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishLyudi pokidayut Mariupol
Lyudi pokidayut Mariupol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
Tinch aholini shaharlardan xavfsiz joyga olib chiqish maqsadida Rossiya Ukraina hududida "tinchlik rejimi" e’lon qildi.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 31-mart Moskva vaqti bilan soat 10.00 dan boshlab “tinchlik rejimi” e’lon qildi. Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Mudofaa nazorati milliy markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.
Shu vaqtdan boshlab tinch aholi va chet el fuqarolarini Mariupoldan Zaporojega evakuatsiya qilish uchun Berdanskdagi oraliq punkti bilan qo‘shimcha gumanitar yo‘lak ochiladi.
"Biz sizga ma’lum qilamizki, hozirda Berdanskdan Mariupolgacha bo‘lgan marshrut qismi muntazam ravishda Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari va millatchi batalonlardan minomot va og‘ir pulemotlardan o‘qqa tutilmoqda", - dedi Mizinsev.
Mudofaa vazirligi, shuningdek, Kiyev hukumatidan Mariupoldan Zaporojegacha bo‘lgan gumanitar yo‘lakda xavfsizlik kafolatlarini talab qildi.
“Biz Kiyev hukumatidan gumanitar yo‘lak yaratish bo‘yicha quyidagi shartlarga qat’iy rioya qilishni talab qilamiz: belgilangan vaqtda “jimlik rejimi”ga so‘zsiz rioya etilishini kafolatlash, 2022-yil 31-mart 06.00 gacha yozma ravishda Rossiya tomonini, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillarini xabardor qilish”, — deya qo‘shimcha qildi general.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi kelishilgan yo‘nalish bo‘ylab, xususan, Berdansk-Mariupol uchastkasida avtobus karvonlari xavfsizligini ta’minlashni talab qilmoqda, chunki u yerda doimiy ravishda neonatsistlarning qo‘poruvchilik va razvedkachi jangari guruhlari harakat qilib, ularga qarshi provokatsiyalar uyushtirmoqda.
Rossiya tomoni gumanitar koridorni Kiyevning yuqoridagi shartlarni bajarishga tayyorligi to‘g‘risida yozma bayonoti hamda uchuvchisiz apparatlari yordamida o‘t ochish to‘xtatilgani tasdiqlanganidan so‘ng ochadi, dedi general-polkovnik.
Yangiliklar lentasi
0