https://oz.sputniknews.uz/20220331/qator-mahsulotlar-importiga-aktsiz-soligi-va-bojxona-bojlari-qayta-korib-chiqiladi-23687353.html
Qator mahsulotlar importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi
Qator mahsulotlar importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
Sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi. 31.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-31T17:38+0500
2022-03-31T17:38+0500
2022-03-31T17:38+0500
iqtisod
soliq
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23542445_0:175:3191:1970_1920x0_80_0_0_d860191a90c5de486c1d0ea0341b4b81.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim mahsulotlar importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tegishli taklifni kiritish vazifasini topshirdi.Ta’kidlanishicha, Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi. Ushbu shtabga viloyat hokimlari va tegishli vazirlar ham a’zo bo‘ladi.Shtab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli bo‘yicha zarur tezkor choralarni ko‘rib borish vazifasi qo‘yildi.Ayrim turdagi mevalar import bojidan ozod qilindiDavlat rahbari Respublika shtabiga quyidagilarni topshirdi:Migrantlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23542445_231:0:2960:2047_1920x0_80_0_0_55bef5cf71a52475c65675ef7588a17f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, soliq, bojxona boji
iqtisod, soliq, bojxona boji
Qator mahsulotlar importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi
Sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim mahsulotlar importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tegishli taklifni kiritish
vazifasini topshirdi. Ta’kidlanishicha, Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi. Ushbu shtabga viloyat hokimlari va tegishli vazirlar ham a’zo bo‘ladi.
Shtab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli bo‘yicha zarur tezkor choralarni ko‘rib borish vazifasi qo‘yildi.
Davlat rahbari Respublika shtabiga quyidagilarni topshirdi:
zarur oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan 500 milliard so‘m imtiyozli resurslarning qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirish;
bir hafta muddatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning yuzaga kelgan muammolarini kundalik hal etish tizimi joriy etish;
birja savdolarida oziq-ovqat va xom ashyoning to‘liq qo‘yilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatsin va sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rib borish;
- uch kun muddatda shakar, un, yog‘, go‘sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan taklif kiritish.