https://oz.sputniknews.uz/20220331/ozbekiston-va-turkiya-harbiy-hamkorlik-togrisida-bitim-imzoladi-23672096.html
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
Turkiiya mudofaa vazirligi bilan jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. 31.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-31T09:46+0500
2022-03-31T09:46+0500
2022-03-31T09:49+0500
siyosat
turkiya
o‘zbekiston
harbiy
harbiy hamkorlik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1f/23672181_0:74:1000:637_1920x0_80_0_0_3e7f574ea720ee385956d059ba1fa196.jpg
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari orasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri armiya generali Hulusi Akar ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Hukumatlararo harbiy sohadagi Hadli bitimni imzoladi.Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Turkiya prezidenti 30-mart kuni Xivaga tashrif buyurdi va shundan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketdi.
turkiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1f/23672181_0:0:1000:750_1920x0_80_0_0_f126cebf6cb3e00729952835cd0b42ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
siyosat, turkiya, o‘zbekiston, harbiy, harbiy hamkorlik
siyosat, turkiya, o‘zbekiston, harbiy, harbiy hamkorlik
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
09:46 31.03.2022 (yangilandi: 09:49 31.03.2022) Turkiiya mudofaa vazirligi bilan jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari orasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri armiya generali Hulusi Akar ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Hukumatlararo harbiy sohadagi Hadli bitimni imzoladi.
Mazkur hujjat harbiy sohaning ikki tomonlama hamkorligini mustahkamlashga, jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirishga qaratilgan, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Turkiya prezidenti 30-mart kuni Xivaga tashrif buyurdi va shundan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketdi.