https://oz.sputniknews.uz/20220331/amerikalik-investor-rublning-mustahkamlanishidan-hayratda-qoldi--23673136.html
Amerikalik investor rublning mustahkamlanishidan hayratda qoldi
Amerikalik investor rublning mustahkamlanishidan hayratda qoldi
AQShlik investor Adam Taunsendning aytishicha, rubl sanksiyalar ta’sirida yo‘qotgan barcha pozitsiyalarini qayta tiklab olgan. 31.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-31T10:25+0500
2022-03-31T10:25+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiya
valyuta
valyuta kurslari
aqsh
sanksiyalar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23111769_0:138:3146:1908_1920x0_80_0_0_28ab50a27311ae177e174fafd44640cd.jpg
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Amerikalik investor Adam Taunsend G‘arb sanksiyalari fonida Rossiya rublining mustahkamlanishidan hayratda qoldi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida shunday yozgan. Taunsend, shuningdek, Rossiyada inflyatsiya darajasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda past ekanligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi, bunga javoban Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Rossiya oltin-valyuta zahiralarining qariyb yarmi, 300 milliard dollarga yaqini G‘arbda muzlatib qo‘yilgan. Lekin Moskvaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bosimi G‘arb davlatlarining o‘zi uchun iqtisodiy muammolaga aylandi. AQSh va Yevropada yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishi kuzatilmoqda. Vaziyat ayniqsa Rossiya prezidenti tomonidan gaz uchun to‘lovni rublga o‘tkazish haqidagi topshirig‘idan so‘ng keskinlashdi. Rossiyaning xorijdagi valyuta hisob raqamlari cheklangan vaziyatda, Vladimir Putin 23-mart kuni do‘stona bo‘lmagan davlatlarga gazni faqat rublda yetkazib berish to‘g‘risida topshirib berdi, va to‘lovni "ularning valyutasida olish ma’nosiz" ekanini aytdi. Rossiya Markaziy banki va "Gazprom" kompaniyasi 31-martga qadar Yevropa bilan rublda operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqishi kerak. Shu bilan birga, u Rossiya gaz yetkazib berishdan bosh tortmasligini va gazni avvalgi shartnomalarda belgilangan hajmlarda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini alohida ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23111769_209:0:2938:2047_1920x0_80_0_0_211e73ed525f509e48b8d887b11e1ae9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, valyuta, valyuta kurslari, aqsh, sanksiyalar
rossiya, valyuta, valyuta kurslari, aqsh, sanksiyalar
Amerikalik investor rublning mustahkamlanishidan hayratda qoldi
10:25 31.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) AQShlik investor Adam Taunsendning aytishicha, rubl sanksiyalar ta’sirida yo‘qotgan barcha pozitsiyalarini qayta tiklab olgan.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Amerikalik investor Adam Taunsend G‘arb sanksiyalari fonida Rossiya rublining mustahkamlanishidan hayratda qoldi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida shunday yozgan.
“Rubl o‘zining sanksiyalar ta’sirida yo‘qotgan barcha pozitsiyalarini qayta tiklab oldi”, - dedi Taunsend.
Taunsend, shuningdek, Rossiyada inflyatsiya darajasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda past ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi, bunga javoban Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.
Rossiya oltin-valyuta zahiralarining qariyb yarmi, 300 milliard dollarga yaqini G‘arbda muzlatib qo‘yilgan. Lekin Moskvaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bosimi G‘arb davlatlarining o‘zi uchun iqtisodiy muammolaga aylandi. AQSh va Yevropada yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishi kuzatilmoqda. Vaziyat ayniqsa Rossiya prezidenti tomonidan gaz uchun to‘lovni rublga o‘tkazish haqidagi topshirig‘idan so‘ng keskinlashdi.
Rossiyaning xorijdagi valyuta hisob raqamlari cheklangan vaziyatda, Vladimir Putin 23-mart kuni do‘stona bo‘lmagan davlatlarga gazni faqat rublda yetkazib berish to‘g‘risida topshirib berdi, va to‘lovni "ularning valyutasida olish ma’nosiz" ekanini aytdi.
Rossiya Markaziy banki va "Gazprom" kompaniyasi 31-martga qadar Yevropa bilan rublda operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqishi kerak. Shu bilan birga, u Rossiya gaz yetkazib berishdan bosh tortmasligini va gazni avvalgi shartnomalarda belgilangan hajmlarda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini alohida ta’kidladi.