https://oz.sputniknews.uz/20220330/volodin-rublda-sotiladigan-tovarlar-royxatini-kengaytirishni-taklif-qildi-23657037.html
Volodin rublda sotiladigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi
Volodin rublda sotiladigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi raisi: G‘arb dollar va yevroga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi. 30.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-30T14:21+0500
2022-03-30T14:21+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiya
vacheslav volodin
rubl
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23656304_0:13:1221:700_1920x0_80_0_0_d8bae2b5753b72c2e8588e0187dc1cbe.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya rublda eksport qiladigan tovarlari ro‘yxatini kengaytirishi lozim. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.Volodin Moskvaning gaz uchun to‘lovni rublda qabul qilish to‘g‘risidagi qarori haqida gapirayotib, Yevropa mamlakatlarining bu uchun barcha imkoniyatlari borligini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik amaldorlar nima sababdan ularning mamlakatlari gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshira olmasliklarining bahonasini qidirishni bas qilishlari kerak. G‘arb dollar va yevroga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-mart kuni hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moskva do‘st bo‘lmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazayotganini aytdi. Chunki Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqi va AQShga yetkazib berish va to‘lovni ularning valyutasida olish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya gazni shartnomalarda belgilangan hajmda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini ta’kidladi, chunki mamlakat o‘z obro‘sini qadrlaydi.Rossiya rahbari 31-martga qadar hukumatga, Markaziy Bankka va “Gazprom”ga do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovni rublga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi davlatlari gazni rublda sotib olishdan bosh tortsa, Rossiya uni bepul yetkazib berish niyatida emasligini ta’kidlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23656304_137:0:1085:711_1920x0_80_0_0_0fe332ae2b6711d812bf28d060764684.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vacheslav volodin , rubl
rossiya, vacheslav volodin , rubl
Volodin rublda sotiladigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi
14:21 30.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiya Davlat dumasi raisi: G‘arb dollar va yevroga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya rublda eksport qiladigan tovarlari ro‘yxatini kengaytirishi lozim. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
“Mamlakatimizga foydali bo‘lgan joyda rublda eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘ri bo‘ladi: o‘g‘it, yog‘, neft, ko‘mir, metall, yog‘och va hokazo”, - deya yozdi u o‘zining
telegram kanalida.Volodin Moskvaning gaz uchun to‘lovni rublda qabul qilish to‘g‘risidagi qarori haqida gapirayotib, Yevropa mamlakatlarining bu uchun barcha imkoniyatlari borligini ta’kidladi.
“Pul bo‘lib, tovar bo‘lmagan vaziyatdan yomonrog‘i yo‘q. Hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘lishi kerak”, - dedi Davlat dumasi spikeri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik amaldorlar nima sababdan ularning mamlakatlari gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshira olmasliklarining bahonasini qidirishni bas qilishlari kerak. G‘arb dollar va yevroga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-mart kuni hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moskva do‘st bo‘lmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga
o‘tkazayotganini aytdi. Chunki Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqi va AQShga yetkazib berish va to‘lovni ularning valyutasida olish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya gazni shartnomalarda belgilangan hajmda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini ta’kidladi, chunki mamlakat o‘z obro‘sini qadrlaydi.
Rossiya rahbari 31-martga qadar hukumatga, Markaziy Bankka va “Gazprom”ga do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovni rublga o‘tkazish bo‘yicha
topshiriq bergan.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi davlatlari gazni rublda sotib olishdan bosh tortsa, Rossiya uni bepul yetkazib berish niyatida
emasligini ta’kidlagan.