https://oz.sputniknews.uz/20220330/turkiya-bilan-qanday-strategik-shartnomalar-imzolandi--23648460.html
Turkiya bilan qanday strategik shartnomalar imzolandi?
Turkiya bilan qanday strategik shartnomalar imzolandi?
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Toshkentda 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari uchrashuvida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining... 30.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-30T09:42+0500
2022-03-30T09:42+0500
2022-03-30T09:44+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
hamkorlik
rejep tayyip erdog‘an
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23648640_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a858eba7140eddf77311b1bb7f32cd38.jpg
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Toshkentda 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari uchrashuvida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladilar.Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.Jumladan: Prezidentlar uchrashuvida o‘zaro munosabatlar ayniqsa keyingi yillarda ildam rivojlanayotgani qayd etildi. Xususan o‘zaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga o‘sib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘payib, 2 mingdan ortdi. Investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari 70 barobarga o‘sgani aytib o‘tildi.Munosabatlar 30-yilligi ramzi sifatida Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23648640_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_66d1e4398288cee3470c4af684bac45b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, turkiya, hamkorlik, rejep tayyip erdog‘an, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, turkiya, hamkorlik, rejep tayyip erdog‘an, shavkat mirziyoyev
Turkiya bilan qanday strategik shartnomalar imzolandi?
09:42 30.03.2022 (yangilandi: 09:44 30.03.2022) TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Toshkentda 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari uchrashuvida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.
Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.
Prezidentlar uchrashuvida o‘zaro munosabatlar ayniqsa keyingi yillarda ildam rivojlanayotgani qayd etildi. Xususan o‘zaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga o‘sib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘payib, 2 mingdan ortdi. Investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari 70 barobarga o‘sgani aytib o‘tildi.
Munosabatlar 30-yilligi ramzi sifatida Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.