https://oz.sputniknews.uz/20220330/taqiqlangan-vositalar-bilan-qolga-tushgan-abiturientlar-5-7-yilgacha-chetlashtirilishi-mumkin-23652493.html
Taqiqlangan vositalar bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin
Taqiqlangan vositalar bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.
2022-03-30T12:13+0500
2022-03-30T12:13+0500
2022-03-30T12:13+0500
jamiyat
abituriyent
imtihon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/20003006_0:199:3072:1927_1920x0_80_0_0_62e0831a891c9a89d109e1d661110cd8.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Kirish imtihonlarida telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi (DTM) direktori Majid Karimov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.Ta’kidlanishicha, abituriyentlar imtihonga kiritishda barmoq izi, face-kontrol orqali tekshiriladi va shu orqali ular qattiq nazoratga olinadi.Karimov hozir kirish imtihonlarida tartib buzgan, taqiqlangan narsalardan foydalangan abituriyentlar test jarayonlaridan chetlashtirilishi, biroq ularga biror qonuniy chora ko‘rilmasligini qaytd etdi. Chunki buning uchun hech qanday huquqiy-normativ asos yo‘q.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/20003006_85:542:2093:2048_1920x0_80_0_0_d88747ca7cc6de3acecc45f7d964d56d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kirish imtihoni chetlashtirish shpargalka telefon
kirish imtihoni chetlashtirish shpargalka telefon
Taqiqlangan vositalar bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin
O‘zbekistonda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy chora ko‘rilishi mumkin.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Kirish imtihonlarida telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi (DTM) direktori Majid Karimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.
Ta’kidlanishicha, abituriyentlar imtihonga kiritishda barmoq izi, face-kontrol orqali tekshiriladi va shu orqali ular qattiq nazoratga olinadi.
“Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan abituriyentlarning imtihonda qatnashishini cheklash masalasi ko‘rilyapti. Bu borada xalqaro tajriba ham o‘rganilgan. Tartibni buzgan abituriyentlar 5-7 yilgacha umuman qabul imtihonida ishtirok etmasligi, agar OTMda o‘qisa, talabalikdan chetlashtirish masalasini normativ-huquqiy jihatdan qonuniylashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqapmiz”, - dedi u markaz mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot
anjumanida.Karimov hozir kirish imtihonlarida tartib buzgan, taqiqlangan narsalardan foydalangan abituriyentlar test jarayonlaridan chetlashtirilishi, biroq ularga biror qonuniy chora ko‘rilmasligini qaytd etdi. Chunki buning uchun hech qanday huquqiy-normativ asos yo‘q.