https://oz.sputniknews.uz/20220330/sirdaryoda-7-mln-dollar-ishlagan-mayning-ferma-topildi---video-23653760.html
Sirdaryoda $7,7 mln. ishlagan mayning ferma topildi - video
Sirdaryoda $7,7 mln. ishlagan mayning ferma topildi - video
Sputnik O‘zbekiston
Kriptovalyuta maynerlari o‘z faoliyatini "quyonchilik fermasi" deb atab, elektrni imtiyozli narxlarda sotib olgan. 30.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-30T12:46+0500
2022-03-30T12:46+0500
2022-03-30T13:28+0500
hodisalar
sirdaryo
kriptovalyuta
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/08/19137666_0:43:828:509_1920x0_80_0_0_8ed0e6cc2ab9c9e98f5ceb2d83fc84cf.jpg.webp
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati xodimlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida noqonuniy ishlayotgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘ydi. Shuningdek, bino egasi bo‘lgan MChJ va xorijiy korxona o‘zaro til biriktirib mahalliy elektr tarmog‘iga ulanishda o‘z faoliyatini "quyonchilik fermasi" deb atab, elektrni imtiyozli narxlarda sotib olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati - litsenziyalanishi belgilangan. Shuningdek maynerlar uchun elektr energiyasi sotib olishda alohida narxlar belgilangan. Ushbu qonun normalarining buzilishi - noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanganlarni javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida 2021-avgust oyida ham yana bir mayning ferma noqonuniy ishlagani aniqlangan edi. O‘shanda davlatga elektr energiyasi uchun 265 mln. so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlangan edi.
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/08/19137666_46:0:782:552_1920x0_80_0_0_60590542154b1dac56dd1e6d81222745.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , sirdaryo, kriptovalyuta, davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
hodisalar , sirdaryo, kriptovalyuta, davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
Sirdaryoda $7,7 mln. ishlagan mayning ferma topildi - video
12:46 30.03.2022 (yangilandi: 13:28 30.03.2022) Kriptovalyuta maynerlari o‘z faoliyatini "quyonchilik fermasi" deb atab, elektrni imtiyozli narxlarda sotib olgan.
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati xodimlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida noqonuniy ishlayotgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy korxona Sirdaryoda binoni ijaraga olib uning ichiga 1491 komplekt mayning qurilmalari hamda 9280 dona videokarta joylashtirgan. Korxona 2020-yilning avgust oyidan buyon 7,7 mln. AQSh dollariga teng kriptovalyuta ishlagani aniqlangan.
Shuningdek, bino egasi bo‘lgan MChJ va xorijiy korxona o‘zaro til biriktirib mahalliy elektr tarmog‘iga ulanishda o‘z faoliyatini "quyonchilik fermasi" deb atab, elektrni imtiyozli narxlarda sotib olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati - litsenziyalanishi belgilangan. Shuningdek maynerlar uchun elektr energiyasi sotib olishda alohida narxlar belgilangan. Ushbu qonun normalarining buzilishi - noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanganlarni javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida 2021-avgust oyida ham yana bir mayning ferma noqonuniy ishlagani aniqlangan edi. O‘shanda davlatga elektr energiyasi uchun 265 mln. so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlangan edi.