https://oz.sputniknews.uz/20220330/rossiya-va-dostona-mamlakatlar-yangi-tolov-birligiga-otishi-kerak---iqtisodchilar-23655765.html
Rossiya va do‘stona mamlakatlar yangi to‘lov birligiga o‘tishi kerak - iqtisodchilar
Rossiya va do‘stona mamlakatlar yangi to‘lov birligiga o‘tishi kerak - iqtisodchilar
Sputnik O‘zbekiston
Makroiqtisodiy tahlil, Qisqa muddatli prognozlash markazi va Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlashmutaxassislari Rossiya va do‘stona davlatlar yangi... 30.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-30T13:26+0500
2022-03-30T13:26+0500
2022-03-30T13:26+0500
rossiya
valyuta
dollar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15888551_0:0:3029:1705_1920x0_80_0_0_02aba5ccf62990cae7e0d31597d32a20.jpg
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Rossiya do‘stona davlatlar bilan savdo-sotiqda yangi to‘lov birligiga o‘tishi kerak, degan tashabbus bilan chiqdi bir guruh iqtisodchilar. “RBK” gazetasiga asosan.Tashabbus Makroiqtisodiy tahlil, Qisqa muddatli prognozlash markazi va Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash instituti mutaxassislari tomonidan ilgari surilgan.Yangi hisob-kitob tizimidan YeOII davlatlari, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya manfaatdor bo‘lishi mumkin, deb yozadi gazeta.Shu tariqa ular geosiyosiy qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa valyutalarga qaramlikdan xalos bo‘ladilar. Tashabbus mualliflari birlik narxini ishtirokchi mamlakatlarda mavjud bo‘lgan oltin va qimmatbaho metallar bilan bog‘lashni taklif qilishgan. Bu stavka resurslarning jahon bozoridagi o‘rtacha og‘irlikdagi narxiga bog‘liq bo‘ladi. Maqola mualliflari ta’kidlaganidek, rasmiylar do‘st mamlakatlar bilan to‘lov bo‘limi yaratish imkoniyatini istisno qilmaydi, ammo Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Volvach aytganidek, bu kelajak masalasidir.Avvalroq Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib Saudiya Arabistoni Xitoy bilan neftning bir qismini yuanga evaziga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.“RIA Novosti”ga "Tayxe" tahliliy markazining katta ilmiy xodimi Van Zaybanning aytishicha, Saudiya Arabistoni va AQShning Yaqin Sharqdagi boshqa ittifoqchilari Vashingtonning so‘nggi yillardagi harakatlaridan norozi, hozirgi AQSh ishonchsiz, dollar esa “kelajagi noma’lum qora tuynukka” aylangan. Shuning uchun Ar-Riyod va Pekin Xitoy valyutasida neft operatsiyalari masalasini muhokama qilishni tezlashtirdi. 23-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin hisob-kitoblarda dollar, yevro va boshqa bir qator valyutalardan foydalanishni to‘xtatish maqsadida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga tabiiy gaz to‘lovlarini rublga o‘tkazishni ma’lum qildi. 31-martga qadar hukumat “Gazprom” direktorlar kengashida rubldagi to‘lov valyutasi bo‘yicha amaldagi shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ko‘rsatmani tasdiqlaydi.Bunda ta’minot hajmi, narxlar va narxlash tamoyillari bir xil bo‘lib qoladi. G7 davlatlari Rossiyaning energiya resurslari uchun to‘lovni Rossiya valyutasida to‘lash talabidan voz kechmoqda. “Katta yettilik” davlatlari – AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada vazirlari buni shartnomalarni bir tomonlama buzish, deb hisoblamoqda. Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek gaz uchun to‘lov shartnomalarda ko‘rsatilgan valyutada amalga oshirilishini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15888551_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_57bbdbf8afc3c39e10e90c2781db9ec9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, valyuta, dollar
Rossiya va do‘stona mamlakatlar yangi to‘lov birligiga o‘tishi kerak - iqtisodchilar
Makroiqtisodiy tahlil, Qisqa muddatli prognozlash markazi va Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlashmutaxassislari Rossiya va do‘stona davlatlar yangi valyutaga o‘tishi kerakligini ta’kidlashdi.
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Rossiya do‘stona davlatlar bilan savdo-sotiqda yangi to‘lov birligiga o‘tishi kerak, degan tashabbus bilan chiqdi bir guruh iqtisodchilar. “RBK” gazetasiga asosan.
Tashabbus Makroiqtisodiy tahlil, Qisqa muddatli prognozlash markazi va Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash instituti mutaxassislari tomonidan ilgari surilgan.
“Rossiyani jahon kapital bozorlaridan uzib qo‘ygan va tashqi savdo uchun rublni konvertatsiya qilishni qiyinlashtirgan G‘arb sanksiyalari, shuningdek, Rossiyaning Yevropaga gaz eksporti uchun to‘lovni rublda olish va do‘st davlatlar bilan hisob-kitob qilish uchun yangi to‘lov birligini yaratish masalasini ko‘tardi”, — deyiladi xabarda.
Yangi hisob-kitob tizimidan YeOII davlatlari, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya manfaatdor bo‘lishi mumkin, deb yozadi gazeta.
Shu tariqa ular geosiyosiy qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa valyutalarga qaramlikdan xalos bo‘ladilar. Tashabbus mualliflari birlik narxini ishtirokchi mamlakatlarda mavjud bo‘lgan oltin va qimmatbaho metallar bilan bog‘lashni taklif qilishgan. Bu stavka resurslarning jahon bozoridagi o‘rtacha og‘irlikdagi narxiga bog‘liq bo‘ladi. Maqola mualliflari ta’kidlaganidek, rasmiylar do‘st mamlakatlar bilan to‘lov bo‘limi yaratish imkoniyatini istisno qilmaydi, ammo Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Volvach aytganidek, bu kelajak masalasidir.
Avvalroq Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib Saudiya Arabistoni Xitoy bilan neftning bir qismini yuanga evaziga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.
“RIA Novosti”ga "Tayxe" tahliliy markazining katta ilmiy xodimi Van Zaybanning aytishicha, Saudiya Arabistoni va AQShning Yaqin Sharqdagi boshqa ittifoqchilari Vashingtonning so‘nggi yillardagi harakatlaridan norozi, hozirgi AQSh ishonchsiz, dollar esa “kelajagi noma’lum qora tuynukka” aylangan. Shuning uchun Ar-Riyod va Pekin Xitoy valyutasida neft operatsiyalari masalasini muhokama qilishni tezlashtirdi. 23-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin hisob-kitoblarda dollar, yevro va boshqa bir qator valyutalardan foydalanishni to‘xtatish maqsadida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga tabiiy gaz to‘lovlarini rublga o‘tkazishni ma’lum qildi. 31-martga qadar hukumat “Gazprom” direktorlar kengashida rubldagi to‘lov valyutasi bo‘yicha amaldagi shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ko‘rsatmani tasdiqlaydi.
Bunda ta’minot hajmi, narxlar va narxlash tamoyillari bir xil bo‘lib qoladi. G7 davlatlari Rossiyaning energiya resurslari uchun to‘lovni Rossiya valyutasida to‘lash talabidan voz kechmoqda. “Katta yettilik” davlatlari – AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada vazirlari buni shartnomalarni bir tomonlama buzish, deb hisoblamoqda. Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek gaz uchun to‘lov shartnomalarda ko‘rsatilgan valyutada amalga oshirilishini ta’kidladi.