https://oz.sputniknews.uz/20220330/ozbekiston-va-qozogiston-ortasida-poezd-qatnovi-tiklanishi-ortga-surilmoqda-23667099.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi tiklanishi ortga surilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi tiklanishi ortga surilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bunga Qozog‘istonda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. 30.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-30T19:39+0500
2022-03-30T19:39+0500
2022-03-30T19:52+0500
jamiyat
poyezd qatnovi
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/08/22609730_0:158:1141:800_1920x0_80_0_0_98dc1886bf29142f7fac5ccdf605f76b.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston Nukus – Beyneu va Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasi keyingi muddatga ko‘chirmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlat bunga mamlakatda karantin cheklovlari joriy etilganini sabab qilib ko‘rsatgan.Mazkur qaror Qozog‘iston hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.Chipta sotib olgan yo‘lovchilardan pulni qaytarib olish uchun temir yo‘l kassalariga murojaat qilish so‘ralgan. Chiptalarni keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib olish imkoniyati ham borAvvalroq 1-apreldan boshlab Nukus – Beyneu, 2-maydan boshlab Toshkent-Olmaota yo‘nalishida poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/08/22609730_0:137:884:800_1920x0_80_0_0_4b4f70fbed3941ae78456101dacd610a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, poyezd qatnovi, o‘zbekiston, qozog‘iston
jamiyat, poyezd qatnovi, o‘zbekiston, qozog‘iston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi tiklanishi ortga surilmoqda
19:39 30.03.2022 (yangilandi: 19:52 30.03.2022) Bunga Qozog‘istonda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston Nukus – Beyneu va Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasi keyingi muddatga ko‘chirmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlat bunga mamlakatda karantin cheklovlari joriy etilganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Mazkur qaror Qozog‘iston hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Chipta sotib olgan yo‘lovchilardan pulni qaytarib olish uchun temir yo‘l kassalariga murojaat qilish so‘ralgan. Chiptalarni keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib olish imkoniyati ham bor
Avvalroq 1-apreldan boshlab
Nukus – Beyneu, 2-maydan boshlab
Toshkent-Olmaota yo‘nalishida poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.