Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

O‘ta muhim: Sink inson organizmida qanday vazifa bajaradi?

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishProfilaktika grippa v VUZe Vladivostoka
Profilaktika grippa v VUZe Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna bo‘lish
Rux (sink) moddasis inson organizma deyarli barcha muhim moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi.
Rux (sink) aynan qanday vazifalarni bajarishi, uni qanday to‘g‘ri qiabul qilish haqida maqolamizda batafsil tanishing.
Rux (sink) - immunitet tizimi ishlashi, hujayralar metabolizmi va o‘sishi, miya faolligi va jarohatlar tuzalishida faol ishtirok etadi. Voyaga yetgan kishi organizmida 2-3gramm miqdorida rux moddasi mavjud.
Rux moddasi hujayralararo kechdigan biokimoviy jarayonlarda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Masalan insulin gormoni tarkibida sink albatta bor, sink bo‘lsama A vitamini organizmga qabul qilinmaydi va suyaklar mustahkam bo‘lmaydi. Sink – antivirus, antitoksik ahamatga ega. Sink – hid va ta’m bilishda, homila voyaga yetishida juda muhim.

Rux jinsiy hayot uchun ham o‘ta muhim

Erkaklarda u eng asosiy gormon – testesteron paydo bo‘lishi, jinsiy gormonlar hosil bo‘lishi, spetmatozoidlar yetilishi, prostatit kasalligining oldini olish uchun xizmat qiladi.
Ayollarda ham sink gormonal muvozanatni ushlab turishda, homiladorlikning dastlabki 3 oyida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Shuningdek ruxni ba’zan – go‘zallik minerali deb atashadi, chunki e teri, soch va tirnoqlar sog‘lig‘i uchun javobgar.
Sinkni necha yoshdan boshlab qabul qilish mumkin?
Izlanishlarda aytilishga ko‘ra, sinkni hatto emizikli gzo‘daklar ham qabul qilishi mumkin. Bir sutkada sink qabul qilish meyorlari bolalar
0 - 6 oylik bolalar - 2 mg;
7 oy - 3 yoshli bolalar - 3 mg;
4 - 8 yoshli bolalar - 5 mg;
9 - 13 yoshli bolalar - 8 mg;
14 - 18 yoshli - 9 mg;
19 yoshdan kattalar - 8 mg.
Sink qaysi oziq-ovqatlar tarkibida bor
Organizmda rux moddasi yetarli bo‘lishining eng to‘g‘ri uslubi - bu to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishdir. Buning uchun o‘simlik va go‘shtli mahsulotlarni doimiy iste’mol qilib turish kerak.
Mahsuotning 100 grammida sink midori (mg):
Ustritsa - 60 mg;
Tuxum sarig‘i - 7,7 mg;
Mol go‘shti - 6,9 mg;
Jigar - 5,3 mg;
Qo‘y go‘shti - 5 mg;
“Gauda” pishlog‘i - 3,9 mg;
Qisqichbaqa - 3,8 mg;
“Motsarella” pishlog‘i - 3,6 mg;
Tovuq go‘shti - 2,2 mg;
Kalmar - 1,7 mg;
Qizil ikra - 1 mg.
Aytish joizki o‘simiklar tarkibidagi rux moddasi inson organizmi tomonidan qiyinroq o‘zlashtiriladi. Ruxga eng boy o‘simliklar bu Kunjut (10mg), ko‘knor urug‘i (9mg), oshqovoq urug‘i (7,8mg), zanjabil (7,5), bug‘doy (7,3), kedr yong‘og‘i (6,5), keshbyu (5,8), zira (5,5), kungaboqar urug‘i (5,3), bodom (3,3), vasabi, qora murch, chesnik, petrushka (1 mg.dan).
Aytish joizki ovqat bilan iste’mo qilinggan rux moddasisning faqat 20-40% o‘zlashtiriladi xolos. Sink yaxshiroq o‘zlashtirilishi uchun uchun A va V6 vitaminlari bilan birgalikda iste’mol qilish kerak. Shuningdek ruxni yaxshi o‘zlashtirilishiga marganes va mis ham xizmat qiladi. Lekin ba’zi hollarda ruxni temir va kalsiy vitaminlari bilan birgalikda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Shu sababli ruxni dori vositasi yoki oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida qabul qilganda - shifokor-diyetolog bilan maslahat qilgan holda iste’mol qilish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0