https://oz.sputniknews.uz/20220330/oqituvchilarni-uzr-sorashga-majburlagan-marhamat-hokimi-orinbosari-jarimaga-tortildi-23667973.html
O‘qituvchilarni uzr so‘rashga majburlagan Marhamat hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi
O‘qituvchilarni uzr so‘rashga majburlagan Marhamat hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi
Sputnik O‘zbekiston
Qurbonov ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish moddasida... 30.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-30T20:28+0500
2022-03-30T20:28+0500
2022-03-30T20:28+0500
jamiyat
andijon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23667942_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_d70219a30528bd9bc7f8131ec35ca9a4.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tuman sudi maktab o‘qituvchilarini ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilgan hokim o‘rinbosari Muxtor Qurbonovga jarima jazosini tayinlandi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda."Daryo" nashrining yozishicha, amaldor 4-fevral kuni tumandagi 72-ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qituvchilariga ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi pastligini vaj qilib, buning uchun ota-onalardan uzr so‘rashlari to‘g‘risida topshiriq bergan. Hamda buni amalga oshirtirib, ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan.Huquqbuzar sudda aybiga iqror bo‘lib, pushaymonligini bildirgan.Sud qarori bilan Qurbonov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismida (ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, ya’ni 2,7 million so‘m jarima jazosi tayinlangan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi Andijonda o‘qituvchilarning uzr so‘rashga majburlanishi ortidan maktab direktori va Marhamat tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, Marhamat tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinganini ma’lum qilgan edi. Tuman hokimiga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.Eslatib o‘tamiz, fevral boshida Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsizligi sabab ota-onalardan uzr so‘ragani aytilgan xabar tarqalgan edi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov buni davlat siyosatiga qarshi harakat deb baholadi. Keyinchalik Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqdi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i uzrbozlikda tuman hokimini aybladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23667942_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_279a08a526b6e1ea5d4363c754fa04f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, andijon
O‘qituvchilarni uzr so‘rashga majburlagan Marhamat hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi
Qurbonov ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tuman sudi maktab o‘qituvchilarini ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilgan hokim o‘rinbosari Muxtor Qurbonovga jarima jazosini tayinlandi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda.
"Daryo" nashrining
yozishicha, amaldor 4-fevral kuni tumandagi 72-ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qituvchilariga ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi pastligini vaj qilib, buning uchun ota-onalardan uzr so‘rashlari to‘g‘risida topshiriq bergan. Hamda buni amalga oshirtirib, ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan.
Huquqbuzar sudda aybiga iqror bo‘lib, pushaymonligini bildirgan.
Sud qarori bilan Qurbonov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismida (ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, ya’ni 2,7 million so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi Andijonda o‘qituvchilarning uzr so‘rashga majburlanishi ortidan maktab direktori va Marhamat tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, Marhamat tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinganini
ma’lum qilgan edi. Tuman hokimiga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral boshida Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsizligi sabab ota-onalardan uzr so‘ragani aytilgan
xabar tarqalgan edi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov buni davlat siyosatiga qarshi harakat
deb baholadi. Keyinchalik Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘qituvchilardan
uzr so‘rab chiqdi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i uzrbozlikda tuman hokimini aybladi.