Makronning Putinga qo‘ng‘iroqlari - Yevropaning so‘nggi umidi

© Sputnik / Sergey Guneev / Mediabankka o‘tishPrezident Fransii Emmanuel Makron na press-konferensii po itogam peregovorov s prezidentom RF Vladimirom Putinim v Kremle
Prezident Fransii Emmanuel Makron na press-konferensii po itogam peregovorov s prezidentom RF Vladimirom Putinim v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna bo‘lish
Fransiya aholisining yarmidan ko‘pi maxsus operatsiya davomida Rossiya tomonidan ilgari surilgan dalillardan kamida bittasiga ishonadi.
“Telefon qil, menga, telefon qil” – Robert Rojdenstvenskiy muallifligidagi sevimli qo‘shiq so‘zlari bir uddaburon anonim insonning klipiga aylandi. Muallif davlat ishlari va geosiyosatt bilan charchagan fransuz prezidentining soqollari o‘sgan, horg‘in ifodali suratlarini olib mashhur qo‘shiqqa qo‘ydi.
Yaqinda Putinning Makron bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti - Rossiya yetakchisining Yevropaning asosiy quloqlariga (vaqtinchalik bo‘lsa ham, iyungacha, Fransiya YeIning raislik postida turguniga qadar) Ukrainadagi geosiyosiy inqirozning hozirgi bosqichida haqiqatdan nimalar sodir bo‘layotganini tushuntirishga bo‘lgan urinishidir.
Rossiyaning pozitsiyasi asta-sekin, doimiy, ammo shunga qaramay, to‘ppa-to‘g‘ri tarzda tor fikrli yevropalikning ham quloqlariga yetib bormoqda.
Nufuzli IFOP (Fransiya jamoatchilik fikri instituti) tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnomalardan biriga ko‘ra, fransuz aholisining yarmidan biroz ko‘pi maxsus operatsiya davomida Rossiya tomonidan ilgari surilgan dalillardan kamida bittasiga ishonadi.
Ha, ishonch haqidagi fikrlar, garchi sotsiologlar tomonidan imkon qadar yashirilgan bo‘lsa ham, hozir Yevropa kun tartibidagi eng muhim mavzulardan biriga aylanib bormoqda.
Yuqori martabali amaldorlar “yaxlit va bo‘linmas” ekanligiga ishontirmoqchi bo‘lgan pozitsiya haqiqatda ancha nozik ekanligiga yana bir dalil - sobiq razvedkachi, Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha mutaxassis, hozirgi kunda nufuzli siyosatshunos Erik Denesening izohi bo‘ldi. Denesedan umumevropa xavfsizlik inqirozining hozirgi keskinlashuvini tavsiflash so‘ralganda, u hech tortinmasdan va so‘z ortiga yashirinmasdan, “mavjud vaziyatni Zelenskiy hukumatining o‘zi qo‘zg‘atgani” va hozirgi lahzani kuzatayotganlarning buni tan olishi va ko‘rish vaqti keldi, deya ta’kidladi. “Biz “manixiy” deb atash mumkin bo‘lgan faqat bitta nutqni eshitapmiz va bir nuqtayi nazarni tinglayapmiz” deb xulosa qilgan ekspert.
Denesening so‘zlari bunday sharhlarning birinchisi va, albatta, oxirgisi emas. Hatto o‘zlarining go‘yoki haqligiga cheksiz ishongan Yevropa OAVlari ham, agar tomoshabinlarning bir qismini yo‘qotmaslikni istasa, o‘z o‘quvchilari va tomoshabinlari uchun faqat qora va oq rangda polotno chiza olmaydilar.
Birinchi bo‘lib bu ehtiyojni jurnalistlar emas, balki siyosatchilarning o‘zlari his qildi.
Baydenning Polshaga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidentiga nisbatan haqoratli hujumidan so‘ng, Yelisey saroyi ham, Germaniya federal kansleri idorasi ham darhol jamoatchilikka Oq uyning amaldagi egasi tanlagan ohang, glossariy va taqdimot uslubidan noroziligini bildirdi.
Matbuot geosiyosiy inqirozning hozirgi bosqichi uchun javobgarlik haqida gapirar ekan, tobora ko‘proq unga sabab bo‘lgan voqealarni eslashga majbur bo‘lmoqda.
Faktlar esa o‘jar bo‘ladi va matbuotga ularning faqat yuzada yotganlariga teginish ruxsat berilmagan bo‘lsa ham, OAVlar buni ongli ravishda qilishni istamasalar ham, boshqa jihatlar qatori hamma narsa sodir bo‘ladigan fonni tasvirlashga ham majbur bo‘ladi.
Minsk kelishuvlarini tayyorlash va imzolashda Fransiyaning vositachilik tarixi haqida gapirar ekan, matbuotning (tasodifan yoki bilib, qoralamaymiz va bahslashmaymiz), masalan, 2018-yilda Parijdagi rasmiylar uchun Qrim borasidagi savollar, ta’kidlanganidek, “amalda yopiq” bo‘lgan.
Ha, albatta, bir qator OAVlarda mazkur yarim orol hamon “Rossiya tomonidan anneksiya qilingan” deb atalishda davom etmoqda. Ammo bu, ular ta’kidlaganidek, OAVning kun tartibi. Bu kun tartibi o‘sha paytdagi qarorlar chiqarilgan siyosiy kun tartibidan ham farq qiladi. Ba’zan diametrik ravishda.
Bugun yodga olish mantiqiy bo‘lgan ikkinchi omil - hozirgi konyuktura haqida emas. Va bundan uchun ochko to‘plash istagi haqida ham emas.
Borgan sari yuzaga chiqayotgan bu ikkinchi omil, yevropalik siyosatchilarning o‘zlari o‘ylaganidek, bor kuchlari bilan na qit’a tarixini, na geografiyasini mutlaqo o‘zgartira olmasligini anglab yetganlaridir.
Va, albatta, avvaliga ular kiritgan sanksiyalar o‘z iqtisodlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonishgan bo‘lsa, endi buning aksini anglash hukmronlik qilmoqda.
Bir oy oldin ular beparvolik bilan stagnatsiya (turg‘unlik) ehtimoli haqida gapirishardi, keyin esa - va biroz oshkora - stagflyatsiya xavfini eslatib o‘tishdi (iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning ko‘payishi va shunday pul birligi qadrsizlanishi) endi esa uzoqni ko‘ra oladigan texnokratlar ham allaqachon qit’a iqtisodiyoti nazorat qilib bo‘lmaydigan tubsizlikka tushishi mumkinligini e’lon qilishga ulgurishdi.
Va inqiroz miqyosini Yevropa Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin boshdan kechirgan voqealar bilan solishtirish mumkinligini ham.
Makron bu haqida biladimi?
Bilmasligi mumkin emas.
U voqealarning bunday salbiy ssenariy bo‘yicha rivojlanishi unga birinchi navbatda siyosatchi sifatida qanday tahdid solayotganini tushunadimi?
Bir qator umumiy ish tashlashlar va “sariq jiletlilar” harakati, pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlar iqtisodiyotga keltirgan zarardan so‘ng, uning buni tushunmaslikka haqqi yo‘q.
Makronning (Germaniya kanslerining ham buni tushunmasligi bo‘lishi mumkin emasligi kabi) YeIning butun budjet siyosati chok-chokidan sitilayotganini va allaqachon boshlangan sanksiyalar yong‘ini paytida yevrozona moliyaviy intizomi tomonidan e’lon qilingan barcha postulatlar yonib-kuyishini tushunolmasligi mumkin emas.
Energiya tashuvchilari narxi ko‘tarilmasa ham, vakolati ostidagi aholi tez qashshoqlashayotganini Fransiya hukumatining ko‘rmasdan iloji yo‘q (yaxshiku, aholi tobora qashshoqlashapti, pul ishlatish imkoniyatlarini yo‘qotapti, alal-oqibat uni iste’mol qilish imkonini ham).
Fransiya hukumati dunyoda yettinchi (hozircha, albatta) o‘rinni egallagan bu bozor iqtisodiyoti odamlar uchun pul yetishmasligi aynan shu iqtisodiyot uchun de-fakto hukm ekanligini bilmay qolishi mumkin emas, chunki uning asosi ko‘p ishlab chiqarishda emas (u allaqachon Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlariga o‘tkazilgan), ko‘p iste’mol qilishga asoslangan.
Albatta, matbuotda “inson huquqlariga rioya qilish” zarurligi haqida bayonotlar chiqariladi, barcha zarur havotirlar bildiriladi, Fransiyaning o‘zi, shuningdek, Gretsiya va Turkiya tomonidan yaratib berilishi kerak bo‘lgan gumanitar yo‘laklarni yaratish kafolatlariga chaqiriqlar ham eshitiladi.
Va, ehtimol, kimdir bunday diplomatik demarshi bo‘lib o‘tishiga ham ishonar.
Aslida Fransiya rahbarining diplomatik faoliyati hissiyotga emas, balki pragmatizmga asoslangan. U tarixni ham, geografiyani ham yaxshi bilganligi sababli, hozirgi harakatlari Fransiyani kelajakda muvaffaqiyatga olib kelishi mumkinligini juda yaxshi tushunadi. Iqtisodiy va siyosiy, agar inqirozning oldini ololmasa, hozirgi geosiyosat muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Qanchalik uzoq muddatga cho‘zilsa shunchalar katta va chuqurlashib ketadigan muammolarni Kontinental Yevropa anglo-sakson ittifoqchilari va ularning afsunlariga qaramay mustaqil ravishda hal qilishi kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, kontinental Yevropa o‘z iqtisodiyotini IVL apparatiga ulab turgan holda ushlab turishi kerak bo‘ladi. Butunlay tom ma’noda.
Va shu bilan birga, mana shu Yevropa bu shaxmat o‘yinidagi barcha kuzirlar, yangi Yevropa xavfsizligi shifrlarining barcha kalitlari va iqtisodiyotining nafas olishiga imkon beradigan barcha o‘tish tugmalari va funksiyalari bu “go‘zal xonimlar”ga yoqsa-yoqmasa ham Moskvaning qo‘lida ekanligini unuta olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0