Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lavrov Umurzakov bilan Ukrainadagi maxsus operatsiyani muhokama qildi – Rossiya TIV

© Sputnik / POOLMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov, arxivnoe foto
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari Xitoyda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Xitoyning Tunsu shahridagi uchrashuvda Ukrainadagi maxsus operatsiya hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
“Lavrov Sardor Umurzakovni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga oid maxsus harbiy operatsiya hamda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni borishi haqida xabardor qildi”, - deyilgan Rossiya TIV xabarida.
Ta’kidlanishicha, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishgan.
“Afg‘onistondagi vaziyat va mintaqadagi barqarorli va xavfsizlikni mustahkamlashning qo‘shimcha choralari batafsil ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.

Ikki mamlakatning o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishga, Rossiya-O‘zbekistonning strategik hamkorlik va ittifoqchiligining yuqori sur’atini saqlashga bo‘lgan intilish tasdiqlangan.
Xitoyda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi. 2021-yil 20-oktabrda Moskvada Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi, 27-oktabr kuni esa Tehronda ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.
Yangiliklar lentasi
0