Davlat qiynoqqa solinganlarga zararni to‘lab beradi

© unsplash.com/Jose Pedro OrtizRuki svazannie verevkoy
Ruki svazannie verevkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna bo‘lish
Qiynoqdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararlar bilan birga, boy berilgan foyda va sarflangan xarajatlar ham to‘lab beriladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda tergovda qiynoqqa solingan shaxslarga zararni davlat to‘lab berishi belgilandi. Prezident 29-mart kuni imzolagan qonun bilan Fuqarolik kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan shaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘la hajmda qoplab beriladi.
Senatning 24-yalpi majlisida qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga tovon puli to‘lash tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan qonun ma’qullangan edi.
Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishini ta’minlash, bunda qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan jismoniy va ruhiy zarar, moddiy zarar yoki boy berilgan foyda, ma’naviy zarar, yuridik yordam, dori vositalari va tibbiy xizmat, psixologik va ijtimoiy xizmatlar uchun qilingan xarajatlar to‘lab berilishi ta’kidlangan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasini 1995-yilda ratifikatsiya qilgani, mazkur qonun bilan inson huquq va erkinliklari sohasida, shu jumladan, qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga doir xalqaro majburiyatlarini bajarish yo‘lida tizimli, izchil va bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni davomiy amalga oshirib kelinayotganligi ma’lum qilingan
O‘tgan yili dekabrda deputatlar qiynoqlardan jabrlanganlarga tovon puli to‘lashni nazarda tutuvchi Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan edi.
Yangiliklar lentasi
0