Xususiy klinikalar ham yo‘llanma asosida xizmat ko‘rsata boshlaydi

© freepik.com/senivpetroPharmasict serving customer at drug store
Pharmasict serving customer at drug store - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 1-apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yo‘llanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi.
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Ushbu yilining 15-mayidan boshlab xususiy klinikalar ham yo‘llanma asosida xizmat ko‘rsata boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi prezident matbuot xizmatiga asosan.
Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga ikki hafta muddatda davlat va xususiy shifoxonalar uchun kasalliklarni davolash bo‘yicha yagona tariflarni tasdiqlash topshirildi. Ochiq tanlov e’lon qilib, 15-mayga qadar yo‘llanma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan xususiy klinikalar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi qo‘yildi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, 1-apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yo‘llanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov tibbiyot sohasidagi ayrim muammolarni tanqid qilgan edi. Xususan davlat rahbari “order” tizimida mavjud muammolarni sanab o‘tgan edi. Prezident aytishiga ko‘ra, o‘tgan 6 oy davomida birorta xususiy shifoxonaga bemorlar uchun yo‘llanma berilmagan. Yoki, respublika markazlarining ayrim filiallarida yuqori texnologik davolash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, boshqa hududdan bemor qabul qilinmayagan.
Yangiliklar lentasi
0