https://oz.sputniknews.uz/20220329/umurzakov-tadbirkorlarni-qollashda-sustkashlikka-yol-qoygan-amaldorlarni-tanqid-qildi-23636200.html
Umurzakov tadbirkorlarni qo‘llashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan amaldorlarni tanqid qildi
Umurzakov tadbirkorlarni qo‘llashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan amaldorlarni tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qator tuman va shaharlari hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, shuningdek, "O‘zto‘qimachiliksanoat" va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi kabi tarmoq birlashmalari... 29.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-29T17:11+0500
2022-03-29T17:11+0500
2022-03-29T17:11+0500
iqtisod
sardor umurzakov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23634894_0:0:1340:754_1920x0_80_0_0_2347166173df18aa97e66bc5772d02fe.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov tadbirkorlar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sustligi tufayli alohida rahbarlarni qattiq tanqid qildi.Tashqi savdo faoliyatining bugungi holati va uni rag‘batlantirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarining tuman va shaharlari hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, shuningdek, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi kabi tarmoq birlashmalari rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.Bu rahbarlar oldiga eksportchilar bilan viloyat, tuman, shahar va mahallalar darajasida manzilli hamkorlikni faollashtirish vazifasi qo‘yilgan.Umurzakov mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, yangi istiqbolli bozorlarni kashf etish hamda eksportga yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish uchun yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlash va safarbar qilish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan.Yig‘ilish yakunida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berildi. Bosh prokuratura ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.Toshkent investitsiya forumi yakunlari: necha mlrd dollarlik shartnoma va bitimlar imzolandiEslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha keyingi choralar belgilab olingan.Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23634894_156:0:1088:699_1920x0_80_0_0_8d9d1e2259b6911c1dde9e5ea48abf0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, sardor umurzakov
iqtisod, sardor umurzakov
Umurzakov tadbirkorlarni qo‘llashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan amaldorlarni tanqid qildi
Qator tuman va shaharlari hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, shuningdek, "O‘zto‘qimachiliksanoat" va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi kabi tarmoq birlashmalari rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov tadbirkorlar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sustligi tufayli alohida rahbarlarni qattiq tanqid qildi.
Tashqi savdo faoliyatining bugungi holati va uni rag‘batlantirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni muhokama qilishga
bag‘ishlangan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarining tuman va shaharlari hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, shuningdek, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi kabi tarmoq birlashmalari rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Bu rahbarlar oldiga eksportchilar bilan viloyat, tuman, shahar va mahallalar darajasida manzilli hamkorlikni faollashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Umurzakov mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, yangi istiqbolli bozorlarni kashf etish hamda eksportga yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish uchun yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlash va safarbar qilish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan.
Yig‘ilish yakunida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berildi. Bosh prokuratura ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi
bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha keyingi choralar belgilab olingan.
Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.