G‘arb sanksiyalariga qaramay mehnat migrantlari Rossiyadan ketmayapti – ekspert

© Sputnik / Aleksey KudenkoKuryer
Kuryer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda go‘yoki Rossiyadan migrantlar chiqib ketayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. G‘arb sanksiyalariga qaramay mehnat migrantlari Rossiyadan ketmayapti. Bu haqda migratsiya bo‘yicha ekspert Asilbek Egemberdiyev SputnikLive’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
So‘nggi kunlarda go‘yoki Rossiyadan migrantlar chiqib ketayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ishni yo‘qotish, rubl kursi, o‘z vataniga pul o‘tkazib bo‘lmaslik sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ekspert Asilbek Egemberdiyev bu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:
Rossiyadan ketayotgan migrantlar soni ko‘p emas, 10 foizdan oshmaydi. Hatto ishsiz qolganlar ham uyga ketishga shoshilmayapti – boshqa joylardan ish topishga harakat qilishmoqda;
G‘arb kompaniyalarining Rossiyadan ketishi “Makdonalds”dan tortib “Ikea” kompaniyagacha (Markaziy Osiyo respublikalari fuqarolarining kamida 50 %) migrantlarga ta’sir ko‘rsatdi;
biroq migrantlar faqat Moskvadan Rossiyaning boshqa hududlariga ketishgan, xususan, Rostov viloyati va Chechenistonga;
Rossiyadan uyga pul jo‘natish qiyinlashdi, ammo bu jiddiy muammo emas. O‘rtacha miqdorda 30-35 ming rublni avvalgidek yuborish mumkin;
ba’zi yoshlarning ketishiga feyk xabarlar ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda “Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga migrantlarni safarbar etish” boshlangani haqidagi bema’ni videolar virusli tarzda tarqaldi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozir ishchi kuchining chiqib ketishining oldini oladigan resurs yaratishi kerak. Bu migrantlar uchun mehnat birjasi bo‘lishi mumkin. Rossiyada bunday birjani yaratish uchun taxminan bir yil vaqt bor, aks holda G‘arb davlatlari mehnat resurslarini o‘ziga jalb qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan vatandoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan edi. Ulardan Rossiyadan yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirishayotgani yoki yo‘qligi so‘ralgan.
Hozirga kelib unda 14 mingdan ziyod kishi qatnashgan. Ularning 64 foizdan ziyodi hozircha Rossiyada ishlashni davom ettirishlarini ma’lum qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0