“Doyaxotin” konida yangi gaz qudug‘i ishga tushdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGazovoe mestorojdenie v Uzbekistane
Gazovoe mestorojdenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 104-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini tugatdi.
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. “Doyaxotin” konida kuniga 238 ming kub metr tabiiy gaz va 3 tonna gaz kondensati olinadigan yangi quduq ochildi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekneftgaz".
“Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 238 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 3 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 95-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 1954–1951 metr oraliqda perforatsiya ishlari olib borilgan edi. O‘shanda kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burg‘ilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa qayta ta’mirlanib ishga qo‘shilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 104-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini tugatdi. Xabarda aytilishicha, 1987–1985, 1980–1977, 1951–1947 metr oraliqlarida perforatsiya ishlari olib borildi.
Yangiliklar lentasi
0