https://oz.sputniknews.uz/20220328/turkiya-prezidentining-ozbekistonga-tashrifi-sanasi-malum-boldi-23602620.html
Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi
Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Erdog‘an tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik
2022-03-28T12:14+0500
2022-03-28T12:14+0500
2022-03-28T12:14+0500
siyosat
rejep tayyip erdog‘an
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/666/33/6663386_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_a9b319b9d6df93a21169e61dffca5584.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Erdog‘an tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari o‘tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.Ta’kidlanishicha, asosiy e’tibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/666/33/6663386_124:0:875:563_1920x0_80_0_0_368072169d5be87b252d5d0d615df43f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rejep tayyip erdog‘an o‘zbekiston tashrif
rejep tayyip erdog‘an o‘zbekiston tashrif
Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Erdog‘an tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari o‘tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Ta’kidlanishicha, asosiy e’tibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.