Toshkent investitsiya forumi yakunlari: necha mlrd dollarlik shartnoma va bitimlar imzolandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTashkentskiy mejdunarodniy investitsionniy forum
Tashkentskiy mejdunarodniy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna bo‘lish
Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forumda 2 mingdan ortiq ishtirokchilar – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar ishtirok etgan.
"Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi", - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu forum O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, mintaqa tadbirkorlari va xorijiy ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish maqsadida ularni qiziqtirgan yo‘nalishlarni kashf etish uchun doimiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha keyingi choralar belgilab olingan.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid:

Sanksiyalar Rossiya va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar yaratadi - Reshetnikov
Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston biz uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri – Boshqirdiston vaziri
Yangiliklar lentasi
0