Sergeli tumanining ayrim joylarida vaqtincha gaz bo‘lmaydi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna bo‘lish
30 mart kuni tumandagi gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 30 mart kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha Sergeli tumanining ba’zi mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” AJ xabar bermoqda.
Tumandagi gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Iste’molchilar uchun gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan mahallalar: “Qumariq”, "Obod", Yakubova, “Ziyokor”, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFYlari, Quruvchilar mavzesi, Qo‘yliq-6 mavzesi.
Zangiota tumanidan Sergeliga o‘tgan mahallalar: “Xonobod”, “Qozoq ovul”, “Istiqlol”, Kim Pen Xva, Beruniy va “Qumariq” MFYlarida ham gaz bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0