https://oz.sputniknews.uz/20220328/qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalari-milliy-instituti-tashkil-etildi-23601628.html
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy instituti tashkil etildi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy instituti tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirish institutning asosiy vazifalari etib... 28.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-28T11:51+0500
2022-03-28T11:51+0500
2022-03-28T11:51+0500
jamiyat
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18919486_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1997caa627b158e4e2b2167df0acda5b.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.Institut qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini o‘rganadi va joriy etadi.Mahalliy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi yaxlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash ham institutning asosiy vazifalari biri.Institut yuridik shaxs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti bo‘lib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18919486_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6a36a658cdf00fa37a4dfe3e010c68e9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, otm
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy instituti tashkil etildi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirish institutning asosiy vazifalari etib belgilangan:
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori
qabul qilindi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish institutning asosiy vazifalari biri etib belgilangan.
Institut qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini o‘rganadi va joriy etadi.
Mahalliy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi yaxlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash ham institutning asosiy vazifalari biri.
Institut yuridik shaxs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti bo‘lib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.