Putin 31-martgacha gaz uchun to‘lovni rublga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi avvalroq Moskva do‘st bo‘lmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 31-martga qadar hukumatga, Markaziy Bankka va “Gazprom”ga do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovni rublga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, MB rahbari Elvira Nabiullina va “Gazprom” rahbari Aleksey Miller topshiriqni bajarish uchun mas’ul etib tayinlanganlar. Ular 31-martga qadar ma’ruzani taqdim etishlari kerak va keyin ular har oy hisobot berib borishadi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish imkoniyatini ta’minlashni topshirgan.
Vladimir Putin 23-mart kuni hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moskva do‘st bo‘lmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazayotganini aytdi. Chunki Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqi va AQShga yetkazib berish va to‘lovni ularning valyutasida olish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya gazni shartnomalarda belgilangan hajmda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini ta’kidladi, chunki mamlakat o‘z obro‘sini qadrlaydi.

Mavzuga oid:

Putinning gazli ultimatumi. Yevropa noiloj qoldi
Putinning gaz manyovri G‘arbni lol qoldirdi - Spiegel
Yangiliklar lentasi
0