https://oz.sputniknews.uz/20220328/aprel-barcha-tibbiyot-markazlari-rahbarlari-uchun-chinakam-sinov-oyi-boladi--mirziyoev--23618266.html
Aprel barcha tibbiyot markazlari rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘ladi – Mirziyoyev
Aprel barcha tibbiyot markazlari rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘ladi – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Prezident masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. 28.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-28T19:04+0500
2022-03-28T19:04+0500
2022-03-28T19:04+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1c/23618216_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_5ace5191ae177d1a46321ce412c0fcd2.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Aprel barcha tibbiyot markazlari rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘ladi. Masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘riladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Yig‘ilishda tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish ko‘rib chiqildi.Davlati rahbari o‘tgan hafta alohida farmoyish imzolanib, 7 ta yo‘nalishdagi 50 ta tadbir va ularning har biri uchun mas’ullar belgilanganini ta’kidladi. Amaliy ijroni bir kun ham kechiktirib bo‘lmaydi.Shuning uchun, bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tiladi. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.Prezident ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqqani va Qoraqalpog‘iston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal bo‘lsayam ichiga kirganini ma’lum qildi. Lekin, qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi “shablon” ko‘rinishida.Mirziyoyev agar markazlar rahbarlari o‘zi boshchiligida joylarga chiqib, yangi davolash amaliyotlarini o‘tkazmasa, yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda joriy etmasa, viloyat va tuman mutaxassislarini bunga o‘rgatmasa, o‘zgarish bo‘lmasligini ta’kidladi.Shu bois, aprel markazlar rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘lishi, masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘rilishi ko‘rsatib o‘tildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1c/23618216_0:0:1135:851_1920x0_80_0_0_9e93559c8939d6a5c9cce390a79c6901.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, tibbiyot muassasi
jamiyat, shavkat mirziyoyev, tibbiyot muassasi
Aprel barcha tibbiyot markazlari rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘ladi – Mirziyoyev
Prezident masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Aprel barcha tibbiyot markazlari rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘ladi. Masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘riladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishida
ma’lum qilindi. Yig‘ilishda tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish ko‘rib chiqildi.
Davlati rahbari o‘tgan hafta alohida farmoyish imzolanib, 7 ta yo‘nalishdagi 50 ta tadbir va ularning har biri uchun mas’ullar belgilanganini ta’kidladi. Amaliy ijroni bir kun ham kechiktirib bo‘lmaydi.
Shuning uchun, bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tiladi. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.
Prezident ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqqani va Qoraqalpog‘iston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal bo‘lsayam ichiga kirganini ma’lum qildi. Lekin, qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi “shablon” ko‘rinishida.
“Misol uchun, Urologiya va Onkologiya markazlari aprel oyida viloyatlarda bor-yo‘g‘i 5 tadan, Akusherlik va ginekologiya markazi esa 15 ta yuqori texnologik operatsiya o‘tkazishni reja qilgan. Yoki, Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi xodimlari har oyda joyiga chiqib 50 tadan operatsiya o‘tkazgani bilan, aprelda hududga borganda atigi 3 nafar mutaxassisning malakasini oshirmoqchi", - dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev agar markazlar rahbarlari o‘zi boshchiligida joylarga chiqib, yangi davolash amaliyotlarini o‘tkazmasa, yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda joriy etmasa, viloyat va tuman mutaxassislarini bunga o‘rgatmasa, o‘zgarish bo‘lmasligini ta’kidladi.
Shu bois, aprel markazlar rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘lishi, masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘rilishi ko‘rsatib o‘tildi.