Umurzakov va Reshetnikov mavjud savdo to‘siqlarini bartaraf qilishni muhokama qildi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaVstrecha zamestitelya premyer-ministra – ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardora Umurzakova s ministrom ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksimom Reshetnikovim.
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra – ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardora Umurzakova s ministrom ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksimom Reshetnikovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2022
Obuna bo‘lish
Vazirlar O‘zbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha keyingi choralarni belgilab olishdi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi ikki taraflama hamkorlikni olg‘a surish masalalari, shuningdek, o‘tgan yilning dekabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oxirgi majlisi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning qanday amalga oshayotgani muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha keyingi choralar belgilab olindi. Taraflar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berilishini oshirish uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida ikki mamlakatning tashqi savdosi tahlilini o‘tkazishni kelishdilar.
“Shuningdek, mavjud savdo to‘siqlarini bartaraf qilish va o‘zaro savdoni faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar aniqlab olindi”, - deyilgan xabarda.
Ishbilarmonlik kengashining ishini faollashtirish va uning asosida O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlarining aloqa qilishi va savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun axborot-tahlil platformasini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Taraflar qo‘shma loyiha va tashabbuslarni rivojlantirishga amaliy ko‘mak berishga, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirishdi.
Sanksiyalar Rossiya va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar yaratadi - Reshetnikov
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0