Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari hududlari kengaytirilishi mumkin

Kokand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatining 6 ta tumani yerlari evaziga Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari hududi chegaralarini kengaytirish taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyatidagi 6 ta tuman va 3 shahar chegarasi o‘zgartirilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining bir qator tumanlari yerlari evaziga Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini kengaytirish rejalashtilmoqda.
Xususan:
Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydonini Marg‘ilon shahri;
Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydonini Marg‘ilon shahri;
Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydonini Marg‘ilon shahri;
Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydonini Qo‘qon shahri;
O‘zbekiston tumanidan 1456 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonini Qo‘qon shahri;
Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonini Qo‘qon shahri;
Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydonini Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritilayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga qarashli yerlar ularning ixtiyorida qoladi.
Qaror loyihasi muhokamalari 9-aprelga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0