https://oz.sputniknews.uz/20220327/qishloq-xojaligi-erlaridan-foydalanuvchilar-ragbatlantiriladi-23585309.html
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar rag‘batlantiriladi
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar rag‘batlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qaroriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari uchun 2022–2023 yillarda sinov tariqasida rag‘batlantirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
2022-03-27T10:39+0500
2022-03-27T10:39+0500
2022-03-27T10:51+0500
iqtisod
yer mulki
tadbirkor
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef2bf5cf984b8a0cce6fbe7eea50039c.jpg
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 million so‘mdan subsidiya ajratiladi. Bu prezident imzolagan “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan.Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi (ijarachi)larga paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari uchun 2022–2023 yillarda sinov tariqasida rag‘batlantirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:2022-2023 yillarda sinov tariqasida:Qarorga ko‘ra, subsidiya ajratish tajribasi tegishli ro‘yxat bo‘yicha 13 ta tumandasinovdan o‘tkaziladi.Yer ajratishda migrantlarga ustuvorlik beriladi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1aef536f3b44074b28500a2ec07a1301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanuvchilar subsidiya soliq imtiyozi prezident qarori
qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanuvchilar subsidiya soliq imtiyozi prezident qarori
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar rag‘batlantiriladi
10:39 27.03.2022 (yangilandi: 10:51 27.03.2022) Yerdan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 million so‘mdan subsidiya ajratiladi va qator soliq imtiyozlari beriladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 million so‘mdan subsidiya ajratiladi. Bu prezident imzolagan “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda
ko‘zda tutilgan. Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi (ijarachi)larga paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari uchun 2022–2023 yillarda sinov tariqasida rag‘batlantirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
tuproq unumdorligini oshirish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirganlik uchun soliq imtiyozlari beriladi;
yerlarni tiklash, qayta foydalanishga kiritish va yangidan o‘zlashtirish, rekultivatsiyalash va melioratsiyalash tadbirlarini bajarish uchun subsidiyalar ajratiladi va yer solig‘idan qisman ozod etiladi.
2022-2023 yillarda sinov tariqasida:
tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni va sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etish hamda o‘simliklar himoyasi bo‘yicha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va zamonaviy laboratoriyalarni barpo etish uchun yerdan foydalanuvchi
(jumladan, klaster)larga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar maydonga 1 million so‘mdan subsidiya ajratiladi;
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirganlik uchun soliq imtiyozlari tuproq bonitirovkasi tahlili natijalari bo‘yicha tuproq unumdorligi oshgan yerdan foydalanuvchilarga tatbiq etiladi;
yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 3-yil muddatga amal qiladi.
Qarorga ko‘ra, subsidiya ajratish tajribasi tegishli ro‘yxat bo‘yicha 13 ta tumandasinovdan o‘tkaziladi.