Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Medvedev muzokaralardagi Rossiya va Ukraina maqsadlarini aytdi

© BelTA / Mediabankka o‘tishRossiysko-ukrainskie peregovori v Belorussii
Rossiysko-ukrainskie peregovori v Belorussii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya-Ukraina muzokaralaridagi asosiy maqsadlar haqida gapirdi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya-Ukraina muzokaralaridagi Moskvaning maqsadlarini ma’lum qildi.
“Bu muzokaralarning maqsadi ma’lum – maxsus operatsiya qaratilgan barcha natijalarni qayd etish. Xususan: Ukrainaning betaraflik maqomi, uning demilitarizatsiyasi, Ukraina tomonida qabul qilingan millatchilik g‘oyalari yo‘g‘rilgan qonunlardan voz kechish... Ukrainaning bu muzokaralarda o‘zi oldiga qo‘ygan vazifalari bor. Avvalo davlat sifatida saqlanib qolish va o‘zining keyingi rivojlanishini ta’minlash”, - dedi Medvedev RIA Novosti va RT nashrlariga bergan intervyusida.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarusda uch marta muzokaralar o‘tkazishdi. 13-14 mart kunlari muzokaralar onlayn davom ettirildi. Bundan tashqari, 10-mart kuni Antaliyadagi Diplomatik forum davomida Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba uchrashishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0