https://oz.sputniknews.uz/20220327/davlat-bojxona-qomitasi-tayinlovlar-23588755.html
Davlat bojxona qo‘mitasida qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Davlat bojxona qo‘mitasida qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining tegishli qaror va farmoyishlari bilan Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) rahbariyati va bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida muhim tayinlovlar amalga oshirildi.
2022-03-27T14:45+0500
2022-03-27T14:45+0500
2022-03-27T14:45+0500
siyosat
davlat bojxona qo‘mitasi
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/475/91/4759108_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_851bb0a024a7dd43759c89cc0ca30321.jpg
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qaror va farmoyishlari bilan Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) rahbariyati va bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida muhim tayinlovlar amalga oshirildi.Ilhom Muxtorov DBQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u bu lavozimda vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.Otabek Ibragimov qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.Mutalibjon Saliyev Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bugunga qadar qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.Olimjon Hojimatov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib xizmat qilib kelayotgan edi.Ilhombek Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ilgari u Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i edi.Maksudbek Klichev Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.Baxtiyor Muratov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Toshent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan G‘ayrat Nasirov “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i etib tayinlandi.Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda sohada amalga oshiriligi kerak bo‘lgan qator vazifalar belgilab berilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/475/91/4759108_139:0:1039:675_1920x0_80_0_0_0b8b8c566007ccb72102d50c560b19e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat bojxona qo‘mitasi rais o‘rinbosar tayinlov
davlat bojxona qo‘mitasi rais o‘rinbosar tayinlov
Davlat bojxona qo‘mitasida qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Davlat bojxona qo‘mitasiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Besh hududda bojxona boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qaror va farmoyishlari bilan Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) rahbariyati va bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida muhim tayinlovlar
amalga oshirildi. Ilhom Muxtorov DBQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u bu lavozimda vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.
Otabek Ibragimov qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Mutalibjon Saliyev Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bugunga qadar qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Olimjon Hojimatov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib xizmat qilib kelayotgan edi.
Ilhombek Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ilgari u Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i edi.
Maksudbek Klichev Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Baxtiyor Muratov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Toshent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan G‘ayrat Nasirov “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan
yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda sohada amalga oshiriligi kerak bo‘lgan qator vazifalar belgilab berilgan.