https://oz.sputniknews.uz/20220327/bayden-amerikacha-orzuni-mahv-qildi--tramp--23588324.html
Bayden “amerikacha orzuni” mahv qildi – Tramp
Bayden “amerikacha orzuni” mahv qildi – Tramp
Sputnik O‘zbekiston
AQShning sobiq prezidenti hozirgi rahbar Jo Baydenni “amerikacha orzuni” mahv qilishda aybladi. 27.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-27T13:33+0500
2022-03-27T13:33+0500
2022-03-27T13:33+0500
dunyoda
donald tramp
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20089147_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0a522cc012651a4f8368f9a03fb16a4d.jpg
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi Oq uy rahbarini “amerikacha orzuni” mahv qilishda aybladi, deya yozadi RIA Novosti.Jorjiya shtatining Kommers shahridagi tarafdorlari bilan mitingda Tramp hozirgi hukumatni Ukraina atrofidagi vaziyatda, yuqori inflyatsiya va benzin narxi ko‘tarilishida aybdor deb atadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQShni Bayden emas, boshqa kishi boshqarganda, Ukraina atrofidagi vaziyatlar bunday rivojlanmagan bo‘lardi.“Demokratlar iqtisodiyotda yomonlar, inflyatsiya masalasida juda yomonlar, Ukraina masalasida yomonlar, bu hech qachon ro‘y bermasligi kerak edi”, - dedi Tramp.Sobiq AQSh rahbari Ukraina atrofida ro‘y berayotgan voqealarni Amerikaning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishdagi muvaffaqiyatsizliklari bilan bog‘lagan. Shuningdek, Tramp Shtatlarning NATO bilan muammolariga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, odamlar AQShga ishonishmaydi.Tramp Ukrainadagi vaziyat Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin deb hisoblaydiRossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20089147_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_554841eb72596ba795a9c06fb96164c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, donald tramp, jo bayden
dunyoda, donald tramp, jo bayden
Bayden “amerikacha orzuni” mahv qildi – Tramp
AQShning sobiq prezidenti hozirgi rahbar Jo Baydenni “amerikacha orzuni” mahv qilishda aybladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi Oq uy rahbarini “amerikacha orzuni” mahv qilishda aybladi, deya yozadi
RIA Novosti.
Jorjiya shtatining Kommers shahridagi tarafdorlari bilan mitingda Tramp hozirgi hukumatni Ukraina atrofidagi vaziyatda, yuqori inflyatsiya va benzin narxi ko‘tarilishida aybdor deb atadi.
“Amerika tarixidagi besh nafar yomon prezidentlarni olib, birga o‘tirg‘izsangiz, ular Jo Bayden 15 oy ichida yetkazgandek zararni yetkazishmaydi. Bir yil ichida u amerikacha orzuni o‘ldirdi”, - dedi sobiq prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQShni Bayden emas, boshqa kishi boshqarganda, Ukraina atrofidagi vaziyatlar bunday rivojlanmagan bo‘lardi.
“Demokratlar iqtisodiyotda yomonlar, inflyatsiya masalasida juda yomonlar, Ukraina masalasida yomonlar, bu hech qachon ro‘y bermasligi kerak edi”, - dedi Tramp.
Sobiq AQSh rahbari Ukraina atrofida ro‘y berayotgan voqealarni Amerikaning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishdagi muvaffaqiyatsizliklari bilan bog‘lagan. Shuningdek, Tramp Shtatlarning NATO bilan muammolariga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, odamlar AQShga ishonishmaydi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.