Yadro urushi ehtimoli har doim bor - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev
Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna bo‘lish
Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Medvedev yadroviy mojaroning doimiy tahdidini e’lon qildi
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Hech kim urush bo‘lishini xohlamaydi, biroq yadroviy mojaro xavfi doimo mavjud, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Hech kim hech qanday urushni xohlamaydi, ayniqsa yadro urushi umuman insoniyat sivilizatsiyasi uchun tahdiddir. Shu ma’noda, tahlilchilar, ehtimol, biroz beadablik bilan aytgan, fikri - yadro qurolining yaratilishi 20 va 21-asrlarda bir necha urushlarning oldini oldi degan gapi to‘g‘ri. Aslida bu haqiqat", - dedi Medvedev.
“Sobiq Oliy qo‘mondon sifatida men yadroviy urush oqibatlarini yaxshi tushunaman. Hamma biladiki, NATO mamlakatlari yadro qurollari mamlakatimiz hududidagi obyektlarni nishonga olgan. Bizning ham jangovar kallaklarimiz Yevropa va AQShdagi nishonlarga qaratilgan. Lekin bu hayot. Shuning uchun hamisha bu haqda o‘ylab, mas’uliyatli siyosat olib borish kerak ", - dedi Medvedev.
Shu o‘rinda Medvedev 1962-yildagi sodir bo‘lgan Karib inqirozini esladi. O‘shanda bu barchaga "qaynoq kallalarga" - Amerika Qo‘shma Shtatlari, NATO, Sovet Ittifoqi, Varshava Shartnomasi rahbariyatiga dahshatli ta’sir ko‘rsatdi" - deydi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

"O‘shanda haqiqatan ham sovuq urush bo‘lgan edi, bugun esa vaziyat, mening fikrimcha, o‘sha paytdagidan ham yomonroq, chunki o‘sha paytda bizning raqiblarimiz Sovet Ittifoqidagi vaziyatni bunday g‘azab bilan iskanjaga olishga harakat qilmagan", - dedi Medvedev.

Xususan, Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosarining tushuntirishicha, sanoat va qishloq xo‘jaligiga nisbatan hech qanday sanksiyalar, xususan, shaxsiy cheklash choralari qo‘llanilmagan.
"Brejnev, Podgorniy va Kosiginga qarshi sanksiya qo‘llash hech kimning xayoliga ham kelmagan. Ular, albatta, hozirgidek, bu befoyda ekanini tushunishgan, lekin keyin hech bo‘lmaganda bunday qilmaslikka aqllari yetgan.
Hozir esa - hamma noqulay ahvolda. Lekin har qanday noxush oqibatlarning, jumladan, aytaylik, Rossiya va NATO o‘rtasidagi mojaro kabi dahshatli oqibatlarning oldini olish uchun muloqot qilish kerak, deya xulosa qildi sobiq prezident.
Eslatb o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari ko‘magida DXR va LXR guruhlari hujumni rivojlantirmoqda. Ammo Ukrainaning bosib olinishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas, dedi Putin.
G‘arb davlatlari bunga javoban Rossiyaga qarshi bir qator yangi sanksiyalar qo‘llashdi va Yevropada Rossiya energiya manbalariga qaramlikni kamaytirish zarurligi haqidagi bayonotlar balandroq yangray boshladi.
Yangiliklar lentasi
0