https://sputniknews.uz/20220326/xitoy-aqshning-etti-gunohini-sanab-otdi-23574987.html
Xitoy AQShning yetti “gunohini sanab oʻtdi
Xitoy AQShning yetti “gunohini sanab oʻtdi
AQShning sovuq urush mentalitetiga sodiqligi Ukrainadagi vaziyatga olib keldi - Global Times. 26.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-26T10:30+0500
2022-03-26T10:30+0500
2022-03-26T10:30+0500
analitika
aqsh
xitoy
yadrosiz dunyo
sobiq ittifoq
ukraina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18010996_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_48f5e9188e540676e3e3138a8fc50d4c.jpg
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzini “yaxshilik kuchlari” sifatida koʻrsatishga urinmoqda, biroq Ukrainada ana shunday vaziyat sodir boʻlishida AQShning yettita "gunoh"i bor, deb yozadi Xitoyning Global Times gazetasi.Global tafovut kuchayishida avallombor Vashingtonning "sovuq urush" davri mentalitetiga sodiqligi sabab boʻlgan. Bu Sovuq urush mentaliteti Yevropa qitʼasida yana urushga olib kelganining qaygʻuli misolidir, deb yozadi nashr.Shuningdek, Oq uyning harakatlari boshqa geosiyosiy oʻyinchilarning noroziligiga sabab boʻlmoqda va sayyoradagi tinchlikka putur yetkazmoqda. Xususan, AQSH Yevropani oʻziga “bogʻlab olishga" intilishi - oqibatda YEIga va boshqa davlatlarga zarar keltiradi.Maqolada taʼkidlanishicha, Qoʻshma Shtatlar Ukrainadagi vaziyat toʻgʻrisida axborot tarqatishda - manipulyatsiya qilmoqda va soxta maʼlumotlarni tarqatmoqda. Jahon iqtisodiyoti uchun qiyin paytlarda dollar gegemonligini saqlab qolishga intilmoqda. "AQSH oʻzini inson huquqlarining "himoyachisi" sifatida koʻrsatish orqali haqiqatda dunyoning koʻplab mintaqalarida sodir boʻlayotgan urushlar va tartibsizliklarda oʻz rolini oʻynadi. Afgʻoniston, Iroq, Liviya va Suriyada "universal qadriyatlar" chalkashlik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. <...> AQSH Ukraina inqirozida olovni yoqishdan toʻxtamaydi, ular inqirozdan oldin ukrainalik harbiylarni oʻqitgan va ularni qurol-aslaha bilan taʼminlagan. Nashr muallifi, shuningdek, Vashington harbiy mojarolardan diqqatni ichki muammolardan chalgʻitish uchun foydalanadi, deb hisoblaydi.Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari koʻmagida DXR va LXR qoʻshinlari Donetsk va Lugansk viloyatlarini Ukraina armiyasi va millatchi guruhlaridan ozod qilmoqda. Ukrainani bosib olish haqida gap boʻlishi mumkin emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
xitoy
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18010996_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_891e792b4a6c7e03d92af6844315175e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
aqsh, xitoy, yadrosiz dunyo, sobiq ittifoq, ukraina
aqsh, xitoy, yadrosiz dunyo, sobiq ittifoq, ukraina
Xitoy AQShning yetti “gunohini sanab oʻtdi
AQShning sovuq urush mentalitetiga sodiqligi Ukrainadagi vaziyatga olib keldi - Global Times.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzini “yaxshilik kuchlari” sifatida koʻrsatishga urinmoqda, biroq Ukrainada ana shunday vaziyat sodir boʻlishida AQShning yettita "gunoh"i bor, deb yozadi Xitoyning Global Times gazetasi.
Global tafovut kuchayishida avallombor Vashingtonning "sovuq urush" davri mentalitetiga sodiqligi sabab boʻlgan.
"SSSR tarqalib ketganidan soʻng NATOning Sharqqa tomonga besh marotaba kengayishi sodir boʻldi. Alyansning oʻz xavfsizligiga bosqichma-bosqich tajovuz qilayotganini koʻrib, Rossiya ham burchakka tiqilib qolishdan qoʻrqmay qololmadi. Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro aynan shundan kelib chiqqan".
Bu Sovuq urush mentaliteti Yevropa qitʼasida yana urushga olib kelganining qaygʻuli misolidir, deb yozadi nashr.
Shuningdek, Oq uyning harakatlari boshqa geosiyosiy oʻyinchilarning noroziligiga sabab boʻlmoqda va sayyoradagi tinchlikka putur yetkazmoqda. Xususan, AQSH Yevropani oʻziga “bogʻlab olishga" intilishi - oqibatda YEIga va boshqa davlatlarga zarar keltiradi.
"AQSH uchun Ukraina va Yevropa manfaatlari hech narsani anglatmaydi. Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi aloqalar uzilishi kerak. Shunda Yevropa oʻzining Amerika ittifoqchisidan boshqa hech kimga murojaat qilmaydi", - deb yozadi GT.
Maqolada taʼkidlanishicha, Qoʻshma Shtatlar Ukrainadagi vaziyat toʻgʻrisida axborot tarqatishda - manipulyatsiya qilmoqda va soxta maʼlumotlarni tarqatmoqda.
Jahon iqtisodiyoti uchun qiyin paytlarda dollar gegemonligini saqlab qolishga intilmoqda.
Sobiq Ittifoq hududida harbiy biologik laboratoriyalar yaratish bilan shugʻullanmoqda.
"AQSH oʻzini inson huquqlarining "himoyachisi" sifatida koʻrsatish orqali haqiqatda dunyoning koʻplab mintaqalarida sodir boʻlayotgan urushlar va tartibsizliklarda oʻz rolini oʻynadi. Afgʻoniston, Iroq, Liviya va Suriyada "universal qadriyatlar" chalkashlik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. <...>
AQSH Ukraina inqirozida olovni yoqishdan toʻxtamaydi, ular inqirozdan oldin ukrainalik harbiylarni oʻqitgan va ularni qurol-aslaha bilan taʼminlagan.
Ukrainaga toʻgʻridan-toʻgʻri qurol yetkazib bergan va Rossiyaga bosim oʻtkazish kampaniyasini eng boshidanoq boshqarib kelgan.
Nashr muallifi, shuningdek, Vashington harbiy mojarolardan diqqatni ichki muammolardan chalgʻitish uchun foydalanadi, deb hisoblaydi.
Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari koʻmagida DXR va LXR qoʻshinlari Donetsk va Lugansk viloyatlarini Ukraina armiyasi va millatchi guruhlaridan ozod qilmoqda. Ukrainani bosib olish haqida gap boʻlishi mumkin emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.