https://oz.sputniknews.uz/20220326/samarqand-aeroporti-1-apreldan-toliq-ishga-tushadi-23576728.html
Samarqand aeroporti 1-apreldan to‘liq ishga tushadi
Samarqand aeroporti 1-apreldan to‘liq ishga tushadi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand aeroporti muntazam reyslar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha, samolyotlar to‘xtash joylari sonini 24 taga yetkazdi. 26.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-26T13:00+0500
2022-03-26T13:00+0500
2022-03-26T13:00+0500
iqtisod
samarqand
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22668111_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7b739eb0cd0726cc769a5160abca4a78.jpg
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Qayta rekonstruksiya qilingan Samarqand aeroporti 1-apreldan to‘liq ishga tushadi. Aynan shu kundan boshlab havo bandargohi xalqaro reyslarni qabul qila boshlaydi, deb xabar qildi “O‘zbekiston aeroportlari” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Investitsion forum doirasida."Bu 2019-yilda amalga oshirila boshlangan ulkan loyiha. Eng cho‘qqisi 2021-yilga to‘g‘ri keldi. Eng qiyini, aeroport faoliyatini to‘xtatmay turib, aerodrom va aerovokzal qurish edi. Parvozlar taxminan bir oyga to‘xtatildi. Umuman olganda, loyiha qiymati 150 million dollarga yaqin. Biz uni 18-mart kuni ochdik”, - dedi Jo‘rayeva.Endi esa to‘liq aeroport majmuasi foydalanishga topshirilmoqda, bu yerda bojxona va chegara nazorati, yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi yechimlar orqali o‘tish qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi yangi xizmat ko‘rsatish texnologiyasi joriy etilgan. Birinchi apreldan yangi terminal to‘liq quvvatda ishlaydi va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatadi.Eslatib o‘tamiz, yangi terminal muntazam reyslar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha, perronning modernizatsiyasi esa samolyotlar to‘xtash joylari sonini 24 taga yetkazadi.Samarqand aeroporti terminali ochiq kitob shaklida qurilgan. Noyob majmua soatiga 800 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga qodir. Terminal “ochiq osmon” rejimida ishlaydi, shuningdek, yuk tashishga xizmat qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22668111_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f85393e07874f068b95428887298eb67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, samarqand, aeroport
iqtisod, samarqand, aeroport
Samarqand aeroporti 1-apreldan to‘liq ishga tushadi
Samarqand aeroporti muntazam reyslar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha, samolyotlar to‘xtash joylari sonini 24 taga yetkazdi.
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Qayta rekonstruksiya qilingan Samarqand aeroporti 1-apreldan to‘liq ishga tushadi. Aynan shu kundan boshlab havo bandargohi xalqaro reyslarni qabul qila boshlaydi, deb xabar qildi “O‘zbekiston aeroportlari” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Investitsion forum doirasida.
"Bu 2019-yilda amalga oshirila boshlangan ulkan loyiha. Eng cho‘qqisi 2021-yilga to‘g‘ri keldi. Eng qiyini, aeroport faoliyatini to‘xtatmay turib, aerodrom va aerovokzal qurish edi. Parvozlar taxminan bir oyga to‘xtatildi. Umuman olganda, loyiha qiymati 150 million dollarga yaqin. Biz uni 18-mart kuni ochdik”, - dedi Jo‘rayeva.
Endi esa to‘liq aeroport majmuasi foydalanishga topshirilmoqda, bu yerda bojxona va chegara nazorati, yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi yechimlar orqali o‘tish qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi yangi xizmat ko‘rsatish texnologiyasi joriy etilgan. Birinchi apreldan yangi terminal to‘liq quvvatda ishlaydi va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi terminal muntazam reyslar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha, perronning modernizatsiyasi esa samolyotlar to‘xtash joylari sonini 24 taga yetkazadi.
Samarqand aeroporti terminali ochiq kitob shaklida qurilgan. Noyob majmua soatiga 800 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga qodir. Terminal “ochiq osmon” rejimida ishlaydi, shuningdek, yuk tashishga xizmat qiladi.