https://oz.sputniknews.uz/20220326/ozbekistonga-mintaqaviy-aviakompaniya-juda-kerak----rano-djuraeva-23579365.html
O‘zbekistonga mintaqaviy aviakompaniya juda kerak - Rano Djurayeva
O‘zbekistonga mintaqaviy aviakompaniya juda kerak - Rano Djurayeva
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bo‘ylab 40 ga yaqin yo‘nalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar o‘rtasida ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 26.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-26T16:00+0500
2022-03-26T16:00+0500
2022-03-26T16:00+0500
iqtisod
toshkent
aviareyslar qatnovi
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1a/23576857_0:13:1280:733_1920x0_80_0_0_d1b4e34cbb35546c5398a8a2d657b010.jpg
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Rano Djurayeva Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida so‘zga chiqib, tashkil etilayotgan “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.“Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish ufqlari” mavzusidagi muloqot davomida Rano Djurayeva ichki turizmni rivojlantirishga to‘xtalar ekan, o‘tgan yildan boshlab “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgani, mazkur aviakompaniya mamlakat ichida aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni qondirishini ta’kidlab o‘tdi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 40 ga yaqin yo‘nalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar o‘rtasida ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.Boshqaruv kompaniyasi Boshqaruvi raisi, shuningdek, birinchi bosqichda 70 o‘rinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday sig‘imga ega samolyotlar mintaqaviy aviatashuvlar uchun maqbuldir. Rano Djurayeva, shuningdek, mintaqaviy aviakompaniya bazasi yangi "Samarqand" aeroportida joylashishini ham ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1a/23576857_82:0:1219:853_1920x0_80_0_0_3e72126d5e40f82b8e0e806d572cc0e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, toshkent, aviareyslar qatnovi, turizm
iqtisod, toshkent, aviareyslar qatnovi, turizm
O‘zbekistonga mintaqaviy aviakompaniya juda kerak - Rano Djurayeva
O‘zbekiston bo‘ylab 40 ga yaqin yo‘nalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar o‘rtasida ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Rano Djurayeva Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida so‘zga chiqib, tashkil etilayotgan “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.
“Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish ufqlari” mavzusidagi muloqot davomida Rano Djurayeva ichki turizmni rivojlantirishga to‘xtalar ekan, o‘tgan yildan boshlab “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgani, mazkur aviakompaniya mamlakat ichida aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni qondirishini ta’kidlab o‘tdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 40 ga yaqin yo‘nalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar o‘rtasida ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
“Bu yerda mintaqaviy aviatashuvlar yo‘q va ularni rivojlantirish kerak. Biz hozirda 40 ga yaqin yo‘nalishni ochmoqchimiz. Bu ichki turizm rivojiga ham katta xissa qo‘shadi. E’tibor bersam, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi sayyohlik yo‘nalishlariga ham insonlar yo chipta yo‘qligi, yoki qimmatligi sabab poyezd, avtobus yohud taksida borishga majbur. Men ichki yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ko‘rib chiqdim – 2021-yilda biz millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdik. Albatta, talab katta. Aholi mamlakat bo‘ylab harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shuning uchun biz ishlarni jadal sur’atlarda olib bormoqdamiz va umid qilamizki, kuzgacha samolyotlarni yetkazib beramiz va ilk parvozlarni amalga oshirishni boshlayamiz”, - dedi Rano Djurayeva.
Boshqaruv kompaniyasi Boshqaruvi raisi, shuningdek, birinchi bosqichda 70 o‘rinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday sig‘imga ega samolyotlar mintaqaviy aviatashuvlar uchun maqbuldir. Rano Djurayeva, shuningdek, mintaqaviy aviakompaniya bazasi yangi "Samarqand" aeroportida joylashishini ham ma’lum qildi.