O‘zbekiston biz uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri – Boshqirdiston vaziri

Tashkentskiy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna bo‘lish
Boshqirdiston tomoni bir hafta ichida o‘zaro hamkorlikning yo‘l xaritasini tuzib O‘zbekiston tomoniga taqdim etadi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Uzbekistan – biz uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, dedi Boshqirdistin bosh vaziri o‘rinbosari va iqtisodiy rivojlanish vaziri Rustam Muratov, Sputnik muxbiriga Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Investforum doirasida.
Muratov aytishiga ko‘ra, respublika delegatsiyasi allaqachon bir talay shartnomalar imzolashga erishishgan. Ular orasida qishloq xo‘jaligi, logistika, kimyo sanoati, innovatsiyalarga doir kelishuvlar bor.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, bir hafta ichida Boshqirdiston tomoni o‘zaro hamkorlikning yo‘l xaritasini tuzib O‘zbekiston tomoniga taqdim etadi.
Undan tashqari respublika may oyida O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirgan.
Undan tashqari Boshqirdiston hukumati yaqinda antikrizis choralarining birinchi paketini ishlab chiqadi va unda O‘zbekistonga alohida o‘rin ajratiladi. Respublika, mahsulot yetkazib berishda har qanday cheklovlardan xoli bo‘lish maqsadida, o‘z refrijerator vagonlari parkini xarid qilish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 24-mart kuni Xalqaro Investitsion forum boshlangan edi. Unda ishtirok etish uchun 49 mamlakatdan 1,5 mingdan ortiq vakillar kelishgan. O‘tagn vaqt davomida forum doirasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan 36ta shartnoma imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0