https://oz.sputniknews.uz/20220326/orta-malakali-texnik-kadrlar-tayyorlashga-etibor-kuchaymoqda-23574743.html
O‘rta malakali texnik kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda
O‘rta malakali texnik kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘rta va yuqori malakali texnik mutaxassislarga talab yil sayin oshib borayotgani tufayli ushbu sohada mutaxassis tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. 26.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-26T10:00+0500
2022-03-26T10:00+0500
2022-03-26T10:00+0500
jamiyat
kadrlar almashuvi
maktab
oliygoh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/01/15513322_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a4da7ee09c3dc928a5f81bea81e3bbdb.jpg
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘tgan 2021-yilda O‘zbekistonda ishgan tushgan yangi sanoat korxonalarda 3200dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. U yerga asosan o‘rta va yuqri malakali mutaxassislar talab etiladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov ma’lum qildi.Ushbu maqsadda O‘zbekiston umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun, elektrotexnika sohasi bo‘yicha maxsus to‘garak mashg‘ulotlari, ularda bu kasbga bolalikdan mehr uyg‘otish maqsadida elektrotexnika sohasidagi korxonalarga “sanoat turizmi” tashkil etilmoqda.Masalan, Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi bilan ko‘pgina mamlakatlarda o‘z samarasini bergan "Dual ta’lim" dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajribalar o‘rganilmoqda. Yoki Namanganda joylashgan “Nostandart” korxonasida kasbga o‘qitish markazi tashkil qilingan bo‘lib, u yerda tokar, frezirovkachi, konstruktor, chilangar, metall quyuvchi kabi mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanmoqda. Eng muhimi bu yerda stajirovka o‘tagan yoshlar ushbu korxonaning o‘zida ishga joylashtiriladi. Doimiy ish bilan bandligi kafolatlanadi. Nukus va Xorazm, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida esa “Ishga marhamat” monomarkazlarida payvandlovchi, elektrik, elektromontor, operator, elektromexanik, maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi ustalarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qishlar tashkil qilinmoqda. Bu markazlarga korxona talabidan kelib chiqib, o‘qish istagini bildirgan yoshlar kasbga o‘qitilmoqda.Shu bilan birga, korxonalar ham o‘z salohiyati va imkoniyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish uchun mustaqil kadrlar tayyorlash siyosatini amalga oshirmoqda.Bundan tashqari, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun "Master klass" mashg‘ulotlari tashkil qilinmoqda. Urganch davlat universitetida, Jizzax politexnika institutida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot, Buxoro muhandislik-texnologiya institutlarida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar ishtirokida "Mahorat darslari" tashkil qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/01/15513322_291:0:3022:2048_1920x0_80_0_0_6821ed50fe5f5df326874eaa8c649ec0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kadrlar almashuvi, maktab, oliygoh
jamiyat, kadrlar almashuvi, maktab, oliygoh
O‘rta malakali texnik kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda
O‘zbekistonda o‘rta va yuqori malakali texnik mutaxassislarga talab yil sayin oshib borayotgani tufayli ushbu sohada mutaxassis tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda.
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘tgan 2021-yilda O‘zbekistonda ishgan tushgan yangi sanoat korxonalarda 3200dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. U yerga asosan o‘rta va yuqri malakali mutaxassislar talab etiladi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan
brifingda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov ma’lum qildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilga kelib qo‘shimcha ishchi kasblarga bo‘lgan ehtiyoj 18 ming nafarga yetadi. Shundan, 14 ming nafari o‘rta ma’lumotga ega mutaxassislar hisoblanadi. Shuningdek yuqori bilimli, muhandis-texnologlar, loyihalovchi dasturlash mutaxassislari, avtomatik boshqaruv bilan ishlaydigan zamonaviy IT mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab yil sayin o‘sib borishi hozirdan ma’lum.
Ushbu maqsadda O‘zbekiston umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun, elektrotexnika sohasi bo‘yicha maxsus to‘garak mashg‘ulotlari, ularda bu kasbga bolalikdan mehr uyg‘otish maqsadida elektrotexnika sohasidagi korxonalarga “sanoat turizmi” tashkil etilmoqda.
Masalan, Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi bilan ko‘pgina mamlakatlarda o‘z samarasini bergan "Dual ta’lim" dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajribalar o‘rganilmoqda.
Yoki Namanganda joylashgan “Nostandart” korxonasida kasbga o‘qitish markazi tashkil qilingan bo‘lib, u yerda tokar, frezirovkachi, konstruktor, chilangar, metall quyuvchi kabi mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanmoqda. Eng muhimi bu yerda stajirovka o‘tagan yoshlar ushbu korxonaning o‘zida ishga joylashtiriladi. Doimiy ish bilan bandligi kafolatlanadi.
Nukus va Xorazm, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida esa “Ishga marhamat” monomarkazlarida payvandlovchi, elektrik, elektromontor, operator, elektromexanik, maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi ustalarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qishlar tashkil qilinmoqda. Bu markazlarga korxona talabidan kelib chiqib, o‘qish istagini bildirgan yoshlar kasbga o‘qitilmoqda.Shu bilan birga, korxonalar ham o‘z salohiyati va imkoniyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish uchun mustaqil kadrlar tayyorlash siyosatini amalga oshirmoqda.
Toshkentdagi Chilonzor 1-son kasb-hunar maktabi bilan boshlang‘ich kasb mutaxassisliklarini tayyorlashga katta e’tibor qaratilyapti.Bugungi kunda ushbu kasb-hunar maktabida 10 dan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha boshlang‘ich kadr tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun "Master klass" mashg‘ulotlari tashkil qilinmoqda. Urganch davlat universitetida, Jizzax politexnika institutida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot, Buxoro muhandislik-texnologiya institutlarida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar ishtirokida "Mahorat darslari" tashkil qilindi.