https://oz.sputniknews.uz/20220326/nega-erkaklar-hayotdan-bevaqt-koz-yumadi---tadqiqot-23581716.html
Nega erkaklar hayotdan bevaqt ko‘z yumadi - tadqiqot
Nega erkaklar hayotdan bevaqt ko‘z yumadi - tadqiqot
Sputnik O‘zbekiston
Shvetsiyalik mutaxassislar 800 nafar erkaklar ishtirokida tadqiqot o‘tkazib bevaqt yurak urishi tezligi va erta o‘lim orasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. 26.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-26T22:00+0500
2022-03-26T22:00+0500
2022-03-26T22:00+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
doktor maslahati
foydali
sog‘liq
sog‘lom turmush tarzi platformasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21282279_0:0:3123:1757_1920x0_80_0_0_1a40213d3b5a6c3b499064dd90efbdc1.jpg
Shvetsiya olimlari erkaklardagi bevaqt o‘lim alomatini aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qilmoqda.1973 yildan boshlab olimlar 1943-yilda Shvetsiyaning Goteborg shahrida tug‘ilgan 798 nafar erkak ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Har bir ko‘ngilli anketa to‘ldirib, unda o‘z turmush tarzi, oilasidagi yurak qon-tomir kasalliklari tarixi va stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba holati) darajasi haqida yozishgan.So‘ngra mutaxassislar ularni yurak urish maromiga qarab to‘rt guruhga ajratishdi: daqiqasiga 55-marta va undan kam, 55-65, 65-75 hamda 75-marta va ko‘proq.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuragi daqiqasiga 55-martadan ko‘p urgan ko‘ngillilar tamaki chekishgan va ko‘p hollarda stress holatini boshdan kechirishgan. Shu bilan birga, yuragi daqiqasiga 75-martadan ko‘p urgan kishilar boshqalarga nisbatan ikki marta ko‘proq yurak xastaliklariga chalingan. Bu esa ularning ushbu xastaliklardan bevaqt hayotdan ko‘z yumishlariga sabab bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21282279_394:0:3123:2047_1920x0_80_0_0_6f9d07c9692daba4880393b3d10c7a0f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, doktor maslahati, foydali, sog‘liq, sog‘lom turmush tarzi platformasi
shifokorlar tavsiyasi, doktor maslahati, foydali, sog‘liq, sog‘lom turmush tarzi platformasi
Nega erkaklar hayotdan bevaqt ko‘z yumadi - tadqiqot
Shvetsiyalik mutaxassislar 800 nafar erkaklar ishtirokida tadqiqot o‘tkazib bevaqt yurak urishi tezligi va erta o‘lim orasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi.
Shvetsiya olimlari erkaklardagi bevaqt o‘lim alomatini aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tinch holatda daqiqasiga 75-martadan ko‘p yurak urishi erkaklar o‘rtasidagi bevaqt o‘lim xavfini ikki baravarga oshirar ekan.
1973 yildan boshlab olimlar 1943-yilda Shvetsiyaning Goteborg shahrida tug‘ilgan 798 nafar erkak ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Har bir ko‘ngilli anketa to‘ldirib, unda o‘z turmush tarzi, oilasidagi yurak qon-tomir kasalliklari tarixi va stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba holati) darajasi haqida yozishgan.
So‘ngra mutaxassislar ularni yurak urish maromiga qarab to‘rt guruhga ajratishdi: daqiqasiga 55-marta va undan kam, 55-65, 65-75 hamda 75-marta va ko‘proq.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuragi daqiqasiga 55-martadan ko‘p urgan ko‘ngillilar tamaki chekishgan va ko‘p hollarda stress holatini boshdan kechirishgan. Shu bilan birga, yuragi daqiqasiga 75-martadan ko‘p urgan kishilar boshqalarga nisbatan ikki marta ko‘proq yurak xastaliklariga chalingan. Bu esa ularning ushbu xastaliklardan bevaqt hayotdan ko‘z yumishlariga sabab bo‘lgan.