Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna bo‘lish
Dam olish kunlarida O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor.
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘zbekiston hududining katta qismida bo‘yicha 26-27 mart kunlari havo o‘zgaruvchan bahoriy iliq bo‘ladi, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi.
Kunduz kuni havo 16-19° iliqgacha, janubda esa ba’zi joylarda 22-25° iliqgacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
O‘zbekistonga 26-mart kuni yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kuni harorat 12-15° iliqgacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Dam olish kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Yangiliklar lentasi
0