Investforumda to‘qimachilik sanoatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

© UztekstilpromBiznes-zavtrak posvashenniy tekstilnoy promishlennosti
Biznes-zavtrak posvashenniy tekstilnoy promishlennosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun yangi chaqiriqlar va imkoniyatlar” mavzusidagi tadbirda 150 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kunida O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan biznes-nonushta bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Indorama kompaniyasi direktori Dipak Raina va Global Textile ta’sischilaridan biri Muzaffar Razzoqov investorlarga to‘qimachilik sanoatining rivojlanish nuqtalari bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish, O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Xususan, D.Raina O‘zbekiston mamlakatimizda paxta tolasini qayta ishlovchi sanoqli davlatlardan biri bo‘lganini, hatto paxta yetishmasligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan "Indorama Grup" O‘zbekistonda sintetik tolalar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Hilton mehmonxonasiga bo‘lib o‘tgan tadbirda 150 dan ortiq xalqaro tashkilotlar va to‘qimachilik biznesi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda xususan BMT, YeIK, GIZ, BCI, Xalqaro mehnat tashkiloti, Bangladesh savdo vaziri, "Bellegprom" konserni va Italiya, Ispaniya, Singapur, Tojikiston, Turkiya, AQSh, Qozog‘istonning boshqa yirik investorlar ishtirok etishdi.
To‘qimachilik sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining haydovchilaridan biridir. Pandemiyadan so‘ng investorlar va biznes vakillarining uchrashishi uchun imkoniyat yaratgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida to‘qimachilik va yengil sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ishtirokchilar istiqboldagi yangi loyihalarni muhokama qildi.
Yangiliklar lentasi
0