Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Uzoq umr ko‘rish uchun qanday ovqatlanish kerak?

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishPojiloy uzbek v Samarkande. Uzbekskaya SSR
Pojiloy uzbek v Samarkande. Uzbekskaya SSR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Olimning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rish uchun tarkibida shakar bo‘lgan va undan tayyorlangan oziq-ovqatlar hamda gazli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kerak.
Amerikalik olim Den Buttner Eat This, Not That nashriga 100 yoshdan oshgan insonlar iste’mol qilmaydigan mahsulotlar nomini ma’lum qildi.
Dunyoda beshta “moviy doira” bo‘lib, u yerda 100 yoshdan oshgan insonlar soni boshqa joylarga qaraganda nisbatan ko‘p. Bular Sardiniya (Italiya), Okinava (Yaponiya) Ikariya, (Gretsiya) Nikoya (Kosta-Rika) shaharlari hamda Kaliforniyaniyadagi viloyat aholisi bo‘lib ularni faqatgina bir odat birlashtirishi mumkin. Ya’ni ular bug‘doyli, dukkakli mahsulotlar va qizil vinoni ko‘p iste’mol qiladi.
Shahar aholisi qon bosimi, xolesterin, infarkt va semizlik xavfini oshiruvchi fastfudni umuman iste’mol qilmaslikka harakat qiladi.
Olimning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rish uchun tarkibida shakar bo‘lgan va undan tayyorlangan oziq-ovqatlar hamda gazli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kerak. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kunida 28 gramm (ya’ni yetti choy qoshiq) shakar iste’mol qilish meyoriy miqdor hisoblanadi. Shakarli mahsulotlar yurak-qon tomir tizimi, qandli diabet, semizlik kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek kunlik ratsionda go‘sht (ayniqsa, qizil) va bekon, kolbasa kabi go‘sht mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytirish lozim. Chunki, kolbasa tarkibida tuz va konservantlar ko‘p bo‘lib, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari yurak ishemik kasalliklariga chalinish xavfini 18%, qizil go‘sht esa- 9% ga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0